Get Mystery Box with random crypto!

Egil, o‘zni pana qil, Borligingni bildirma. Yo‘talganga o‘n be | Qora kundalik..

Egil, o‘zni pana qil,
Borligingni bildirma.
Yo‘talganga o‘n besh yil,
Aksirganga yigirma.

Kar bo‘l, ko‘r bo‘l, tishla til,
Boshga balo keltirma.
Gapirganga o‘n besh yil,
Eshitganga yigirma.

Qalamingni dushman bil,
Qog‘oz uzra jildirma,
Roman yozsang - o‘n besh yil,
Doston yozsang - yigirma...

Erkin Vohidov