Get Mystery Box with random crypto!

Menga xush xabar ayt Menga xush xabar ayt, yolg’on bo’lsa ham | Ta‘sirli status

Menga xush xabar ayt

Menga xush xabar ayt, yolg’on bo’lsa ham..
Dardu mashaqqatlar o’tgaydir bari,
O’ksima, oyoqqa turgaysan, deb ayt.
Umringning farahbaxsh, totli onlari
Hali oldindadir, ko’rgaysan deb ayt.
Menga xush xabar ayt, yolg’on bo’lsa ham..
Do’stlaring bordir-ku hali dunyoda,
Seni kulfatlarda qoldirmas deb ayt.
Yovuzlik bo’lsa ham haddan ziyoda
Seni changaliga oldirmas, deb ayt.
Menga xush xabar ayt, yolg’on bo’lsa ham..
Olis muhabbating so’lmagan hamon,
To hanuz unutmay yuribdi degil.
Sarg’aygan daftarin varaqlab pinhon,
U seni tushida ko’ribdi degil.
Menga xush xabar ayt, yolg’on bo’lsa ham..

Abdulla Oripov
@Tasirlistatus