Get Mystery Box with random crypto!

Bizda yoshlar uchun keng yo‘l ochilgan! ⠀ Ayniqsa, Toshkent | Tashkent Zoo Official

Bizda yoshlar uchun keng yo‘l ochilgan!

Ayniqsa, Toshkent hayvonot bog‘ida!

Bugun, Yoshlar kunida, jonivorlarga g‘amxo‘rlik qilishni o‘zlariga kasb qilib, hayotlarini ushbu mashg‘ulot bilan bog‘lashga qaror qilgan yoshlarimiz haqida sizga gapirib berishni istardik.

Shunday qilib, hozirgi vaqtda hayvonot bog‘imizda 10 qiz va 24 yigit mehnat qilmoqda. Ularning ba'zilari haqida to‘liqroq ma'lumot beramiz.

Islom Tolipov — biz bilan 3 yildan beri ishlaydi, mehnat faoliyatini oddiy ishchi sifatida boshlagan, hozirda esa «Kichik sutemizuvchilar» bo‘limining zootexnigi;

Javlon Rixsiboyev — «Yirtqichlar» bo‘limi xodimi. U ikki yildan buyon biz bilan ishlaydi, oq sher bolalarini parvarish qiladi, shuningdek soat 11.00 va 17.00 da ularni boqadi — bu vaqtdagi ovqatlantirishlarni mehmonlarimiz tomosha qilishlari mumkin.

Azamat Tursunxo‘jaev — zootexnik, ayiqlarni parvarishlaydi. Uning sevimli qo‘ng‘ir ayig‘i — bizning ko‘rkam Zuzu;

Sardor Qurbonov — «Primatlar» bo‘limida ikki oydan beri ishlab kelayotgan ishchi. Kollejda u veterinar feldsher ma'lumotini olgan;

Azamat Ahmedov — «Primatlar» bo‘limi xodimi. Orangutan Sezarni juda yaxshi ko‘radi. Sezarning «onasi», Mashkura ismli xodimimiz bilan birga uni krujkadan ichimlik ichishga o‘rgatdi: kimdir orangutan uchun ichimlik quyayotgan vaqtda, boshqa kiper — chalg‘itib turadi. Suratda kiperimiz Sardor tasvirlangan;

Ruslan Rashitov — veterinar shifokor. Jonivorlarning holatini nazorat qiladi, ularga o‘z mehrini, boshqa qardoshlari orasida baxtli yashash va avlodini davom ettirish imkonini taqdim etadi;

Saloxiddin Eshmamatov — biokimyogar-shifokor, veterinariya klinikamizda ishlaydi.

Yosh va quvvatga to‘la, maqsadi — fauna vakillarini sevish, asrab-avaylash va yovvoyi tabiatni hamda hayvonot olamini muhofaza qilishdan iborat bo‘lgan xodimlar uchun hayvonot bog‘ining eshiklari doim ochiq.

Keling, izohlarda yosh xodimlarimizni tabriklaymiz va ularga eng yaxshi tilaklarni tilaymiz!

Sevimli obunachilarimizdan tabriklarni qabul qilishdan ular juda mamnun bo‘lishadi.

__

Молодым везде у нас дорога!

А особенно в Ташкентском зоопарке!

Сегодня, в День молодежи, хотелось бы рассказать вам о молодых ребятах, которые нашли свое призвание в уходе за животными и решили связать свою жизнь с этой деятельностью.

Так вот, на данный момент, в нашем зоопарке работают 10 девушек и 24 юношей. О некоторых из них мы расскажем вам подробнее.

Ислам Толипов – работает у нас на протяжении 3-х лет, начинал с должности рабочего, а сейчас – зоотехник в отделе «Мелкие млекопитающие»;

Жавлон Рихсибаев – сотрудник отдела «Хищные». Уже 2 года работает с нами, ухаживает за белыми львятами, а также кормит их в 11.00 утра и 17.00 вечера – в это время у нас показательное кормление для посетителей.

Азамат Турсунходжаев – зоотехник, ухаживает за медведями. Его самый любимый бурый медведь – это наш красавец Зузу;

Сардор Курбонов – рабочий, на протяжении двух месяцев работает в отделе «Приматы». В колледже получил ветеринарное образование;

Азамат Ахмедов – сотрудник отдела «Приматы». Очень любит орангутана Цезаря. Вместе с "мамой" Цезаря, сотрудницей по имени Машкура, научил его пить из кружки: пока кто-то наливает орангутану попить, другой кипер – развлекает. На фото, к слову, наш кипер Сардор;

Руслан Рашитов – ветеринарный врач. Контролирует состояние животных, дарит им свою любовь, возможность счастливо жить среди других сородичей и продолжать свой род;

Салохиддин Эшмаматов – врач-биохимик, работает в нашей ветеринарной клинике.

Двери зоопарка открыты для молодых и энергичных сотрудников, чье призвание – любить, оберегать представителей фауны и вносить свой вклад в охрану природы и животного мира.

Давайте поздравим наших молодых сотрудников в комментариях и пожелаем им всего самого наилучшего!

Им будет очень приятно получить поздравления от вас, наши любимые подписчики.

Автор фото: Динара Чиркова

Instagram | Facebook | YouTube | TikTok | Сайт