Get Mystery Box with random crypto!

Bizning Buxoro bug‘ularimiz. ⠀ Chiroyli va kelishgan bu ajoy | Tashkent Zoo Official

Bizning Buxoro bug‘ularimiz.

Chiroyli va kelishgan bu ajoyib jonivorlar o‘tgan yili Zarafshon milliy tabiat hiyobonidan bizga olib kelingan.

4 yoshdan 8 yoshgacha bo‘lgan 2 ta nar va 4 ta urg‘ochi hayvonot bog‘imizga tezda o‘rganib, boshqa jonivorlarimiz bilan do‘st tutinib olishdi.

Yaqindagina ikkita urg‘ochi bittadan bug‘uchani dunyoga keltirib, o‘z avlodi bilan hammamizni xursand qilishdi.

Go‘zallarimizning yana biri ham tez orada onalik baxtiga musharraf bo‘ladi.

Bug‘u bolalari baquvvat va sog‘lom tug‘ilishmoqda va bo‘lajak onalarning ratsioni bu yerda katta ahamiyat kasb etmoqda. Negaki bizning buxoro bug‘ularimiz turli-tuman ozuqa berib boqiladi, ular nafaqat o‘t va yem, balki turfa meva va sabzavotlarni ham juda yaxshi ko‘rishadi.

Nar bug‘ularning ayni damda shoxlari o‘smoqda, uning yordamida ular «yakka kurash» uyushtirib, urg‘ochilar e'tibori uchun jangga tushishadi.

Кim yutsa – o‘sha eng kuchli erkak. Mana shunaqangi qoidalar ularda.

100 marta o‘qigandan, bir marta ko‘rgan yaxshiroq. Shunday ekan, aziz do‘stlar, sizni mehmonga kutib qolamiz.

__

Наши бухарские олени.

Красивые и статные, эти замечательные животные попали к нам в прошлом году из Зарафшанского национального природного парка.

2 самца и 4 самки, в возрасте от 4 до 8 лет, быстро освоились в нашем зоопарке и сразу подружились с нашими сотрудниками.

Совсем недавно 2 самки родили по одному олененку и порадовали всех своим потомством.

Вот-вот станет мамой еще одна из красавиц.

Детки рождаются крепкие и здоровые и, во многом, на это влияет рацион будущих мам. Все потому, что наши бухарские олени разнообразно питаются, любят не только траву и корм, но и различные фрукты и овощи.

У оленей-мужчин на данный момент отрастают рога, с помощью которых они, путем «единоборства» будут бороться за внимание самок.

Кто выиграет – тот и сильный самец. Вот такие у них правила.

Впрочем, лучше один раз увидеть, чем 100 раз прочесть. Поэтому ждем вас в гости, дорогие друзья.

Автор фото: Александр Жудро

Instagram | Facebook | YouTube | TikTok | tashkentzoo.uz