Get Mystery Box with random crypto!

Hammasi yaxshilik bilan tugagani yaxshida. ⠀ Jonivorlarimiz | Tashkent Zoo Official

Hammasi yaxshilik bilan tugagani yaxshida.

Jonivorlarimiz bilan yuz bergan bir hodisa tufayli bu iboraning ma'nosini yanada chuqur angladik…

O‘tgan yilning oxirida bizga Navoiy hayvonot bog‘idan qamishzor mushugi olib kelingan edi. Uning bitta panjasi yo‘q edi, qopqonga tushganida olingan jarohat tufayli bo‘lsa kerak, degan taxminga bordik.

Bizga olib kelinganidan keyin ham bu jonivor uzoq vaqt davomida veterinarlar kuzatuvi ostida bo‘ldi, chunki qattiq qo‘rqib qolgani ko‘rinib turgan edi.

Ammo keyinroq hammasi o‘z o‘rniga tushdi va u o‘zini huddi uydagidek his eta boshladi.

Ammo shu bilan jonivorning g‘am-tashvishi tugagani yo‘q... Bu mushukning boshida o‘simta borligi ham aniqlandi. Uni bizning veterinariya klinikamizda operatsiya qilib, yashash uchun yana bir imkon taqdim etishdi.

Hozir u o‘zini juda yaxshi his qilyapti, o‘zining qardoshlari — boshqa qamishzor mushuklari bilan birga yashayapti, ular esa uni zeriktirib qo‘yishmayapti.

Siz ham mehmonga keling. Negaki sizning madadingiz unga hozir juda ham kerak, aziz mehmonlar.

__

Все хорошо, что хорошо кончается.

Смысл этой фразы мы осознали особенно остро в связи с ситуацией, которая произошла с одним из наших обитателей…

В конце прошлого года, из Навоийского зоопарка к нам прибыла камышовая кошка. У нее отсутствовала одна лапка, которая, по видимости, была травмирована из-за попадания в капкан.

После того, как она попала к нам, новая жительница ещё долго находилась под присмотром ветеринаров и была сильно напугана.

Но потом все наладилось и она стала чувствовать себя, как дома.

Но на этом ее беды не закончились... У этой самой кошки была обнаружена опухоль на голове. Её прооперировали в нашей ветеринарной клинике и подарили шанс на жизнь.

Сейчас она чувствует себя отлично, живет со своими сородичами, другими камышовыми котами, которые не дают ей скучать.

Приходите и вы к нам в гости. Ведь ей, как никогда, нужна ваша поддержка, дорогие гости.

Автор фото: Александр Жудро

Instagram | Facebook | YouTube | TikTok | tashkentzoo.uz