Get Mystery Box with random crypto!

Foydali maslahatlar! Toshkent hayvonot bog‘ining aziz mehmo | Tashkent Zoo Official

Foydali maslahatlar!

Toshkent hayvonot bog‘ining aziz mehmonlari, bugun sizga murojaat qilmoqchimiz.

Hayvonot bog‘imizga bir necha bora tashrif buyurgan bo‘lsangiz ham, bir nechta oddiy tashrif buyurish qoidalarini eslatib o‘tishga ijozat bersangiz. Bu qoidalarga amal qilsangiz jonivorlarimiz sizga quvonch hadya etishadi, siz esa bir olam ijobiy taassurotlarga ega bo‘lasiz!

Qoidalar judayam oddiy:

O‘zimiz olib kelgan mahsulotlarimiz bilan jonivorlarni boqmaymiz – bu ularning salomatligi uchun zarar. Bundan keyin momiqvoylarimiz shifokor yordamiga muhtoj bo‘lib qolishadi. Siz bunday bo‘lishini xohlamaysiz-ku, to‘g‘rimi?;

Yoqimtoylarimizni judayam mehmon qilgingiz kelyaptimi? Hayvonot bog‘i hududidagi shaxobchalarda sotiladigan maxsus ozuqani sotib oling;

Jonivorlarimiz jahlini chiqarmaymiz va qo‘rqitmaymiz, ularning volyerlariga begona buyumlarni otmaymiz: ular qattiq qo‘rqib ketishlari va xafa bo‘lishlari mumkin;

Bizning yoqimtoy jonivorlarimiz ularni shaqnoq bilan suratga olishlarini yoqtirishmaydi – bu ularni qo‘rqitadi va ko‘rish qobiliyatiga ziyon yetkazadi;

Bolajonlarimizni ehtiyot qilamiz, jumladan: ularni jonivorlarimiz volyeri atrofiga o‘rnatilgan to‘siqlar, panjaralar, tutqichlarga o‘tkazmaymiz;

Bundan tashqari!

Chim ustidan yurmaymiz, daraxtlarni sindirmaymiz (axir ular juda go‘zal), gullar hamda daraxt va butalardagi mevalarni uzmaymiz.

Shuni o‘zi xolos, shekilli!

Mehmonga keling va har bir tashrifingiz faqat quvonchga to‘la taassurotlar bilan yodingizda qolsin.

To‘g‘ri tushunganingiz uchun rahmat!

_

Полезные советы!

Дорогие любители Ташкентского зоопарка, мы сегодня хотим обратиться к вам.

Даже если вы уже неоднократно бывали у нас, позвольте напомнить несколько простых правил посещения для того, чтобы наши питомцы доставили вам радость, а вы получили множество положительных эмоций!

Правила совсем несложные:

Не кормим животных принесенными с собой продуктами – это вредно для их здоровья. После этого нашим пушистикам понадобится помощь врача. Вы же этого не хотите, правда?;

Все-таки хочется угостить наших красавцев? Приобретайте специально подобранный корм, который продается в киосках на территории зоопарка;

Не дразним и не пугаем животных, не бросаем к ним в вольеры посторонние предметы: они могут сильно испугаться и расстроиться;

Наши очаровательные жильцы не любят, когда их фотографируют с фотовспышкой – это их пугает и вредит зрению;

Бережем своих детишек, а именно: не ставим и не сажаем их на барьеры, ограды, отжимы, установленные вокруг вольеров животных;

И еще!

Не ходим по газонам, не ломаем деревья (они же прекрасны), не рвем цветы и плоды на фруктовых деревьях и кустарниках.

Кажется все!

Приходите к нам в гости и пусть каждый визит запоминается вам только радостными впечатлениями.

Спасибо за понимание!

Автор фото: Динара Чиркова

Instagram | Facebook | YouTube | TikTok | tashkentzoo.uz