Get Mystery Box with random crypto!

«Oppoqvoylar» Toshkent hayvonot bog‘ida! ⠀ Hayvonot bog‘imiz | Tashkent Zoo Official

«Oppoqvoylar» Toshkent hayvonot bog‘ida!

Hayvonot bog‘imiz jonivorlari qatori yanada to‘ldi.

Joni va Jenni laqabli ikkita sakkiz oylik oq sherchalar bizning yangi jonivorlarimizga aylanishdi. Ular boshqaruvchi kompaniyamiz «Wildlife care» tomonidan JAR (Afrika) dan olib kelindi.

«Oq sher» iborasini o‘qib, hayron qolgandirsiz? Ammo ular chindan ham tabiatda mavjud va hozir sizga ular haqida batafsilroq so‘zlab beramiz.

Oq sher – bu sherlarning alohida turkumi emas, balki «leykemizm» nomi ostida ma'lum bo‘lgan mutatsiya natijasidir.

Juda kam uchraydi, ularni faqat Janubi-Sharqiy Afrikada yashovchi afrika sherlarining «Panthera leo krugeri» nomli transvaal ost turkumi orasida uchratish mumkin.

Ular albinos emaslar. Ularning chiroyli ko‘zlari va terisi normal tusda.

Rangi ko‘zga tashlanadigan bo‘lgani uchun yovvoyi tabiat qo‘ynida yashash ular uchun juda murakkab masala va bu ov qilishda halaqit beradi. Ular boshqa yirtqichlar va brakonyerlarning o‘ljasiga osongina aylanishadi.

Butun dunyo bo‘yicha ularning soni atigi 300 taga yetadi, shuning ham katta qismi hayvonot bog‘larida.

Bizning oq sherchalarimiz esa volyerimizga chiqarib yuborildi. Momiqvoylarimiz soni ko‘payganidan biz juda mamnunmiz. Bunday noyob jonivorlarni asrab qolish va ularga g‘amxo‘rlik qilish esa biz uchun katta sharaf.

Keling va bizning yangi jonivorlarimiz bilan birinchilardan bo‘lib tanishing.

Siz avval ham oq sherlar haqida eshitganmidingiz? Izohlarda yozib qoldiring.

_

«Белоснежки» в Ташкентском зоопарке!

В полку обитателей нашего зоопарка прибыло.

Нашими новыми жильцами стали два белых львёнка, восьмимесячные Джони и Дженни. Они были привезены из ЮАР (Африка) сотрудниками нашей управляющей компании «Wildlife care».

Вы наверное удивились, услышав словосочетание «белый лев»? Но они действительно существуют в природе и мы сейчас узнаем о них чуть подробнее.

Белый лев – это не отдельный подвид львов, а результат мутации, известной под названием «лейкемизм».

Встречаются чрезвычайно редко и только среди африканских львов трансваальского подвида Panthera leo krugeri, обитающих в Юго-Восточной Африке.

Они не альбиносы. Их красивые глаза и кожа имеют нормальный окрас.

Из-за броского окраса им сложно выжить в дикой природе и это мешает им в охоте. Они легко становятся добычей других хищников и браконьеров.

Всего насчитывается 300 особей во всем мире, большая часть из которых содержится в зоопарках.

А наши белые львята уже находятся у нас в вольере. Мы очень рады тому, что наших пушистиков стало больше. А сохранять и заботиться о таких редких животных – для нас большая честь.

Приходите и повидайтесь с нашими жильцами самыми первыми.

А вы когда-нибудь слышали о белых львах? Пишите в комментариях.

Автор фото: Александр Жудро

Instagram | Facebook | YouTube | TikTok | tashkentzoo.uz