Get Mystery Box with random crypto!

Toshkent hayvonot bog‘ida «Мening sevimli jonivorim». ⠀ 13-i | Tashkent Zoo Official

Toshkent hayvonot bog‘ida «Мening sevimli jonivorim».

13-iyun kuni oftob biz uchun har qachongidan ko‘ra yorqin nur sochdi.

Gap shundaki, aynan shu kuni hayvonot bog‘imizda «Мening sevimli jonivorim» rasmlar ko‘rgazmasi o‘tkazildi!

Iqtidorli bolajonlar va ularning ota-onalari hayvonot bog‘imizni o‘z ishlari bilan bezashdi, mehmonlarimiz esa bu rasmlar bilan bajonidil suratga tushishdi. Ko‘rgazmada hammasi bo‘lib 80 dan ziyod rasmlar ishtirok etdi.

Hamma ishlar juda ajoyib va o‘ziga xos tarzda betakror chizilgan: bolajonlar maymunchalar, tulkilar, mushuklar, bo‘rilar, poni, tuyalar, jiraflar, fillar, ayiqlar va hatto timsohlarni chizishibdi!

Tanlovda turli yoshdagi bolajonlar ishtirok etishdi. 3 yoshli eng jajji ishtirokchimiz ham o‘zining ijodiy salohiyatini namoyish etib, flamingo va toshbaqalarni yorqin ranglarda aks ettirgan. Ularni tasvirlash esa oson ish emas, aslo!

Bolajonlarimizga qanotli do‘stlarimiz ilhom bag‘ishlaganligini ham sezdik – pushti flamingo, ara to‘tisi, tovus, emu va boshqa qanotlilar rasmlarda boshqalarga qaraganda ko‘proq uchradi. Yirtqichlarimiz esa bu rasmlarda huddi tirikdek jonli tasvirlangan!

Yosh rassomlarga rasm albomlari, bo‘yoqlar, hayvonot bog‘i jonivorlari tasviri tushirilgan plakatlar, shuningdek, O‘zR Davlat Ekologiya Qo‘mitasining Bioxilma-xillik masalalari bo‘yicha boshqarmasi taqdim etgan O‘zbekiston faunasi tasviri tushirilgan ko‘krak nishonlari taqdim etildi.

Hayvonot bog‘i xodimlari bergan ovozlar natijalariga ko‘ra asosiy g‘oliblarimiz deb quyidagilar topildi:

1 o‘rin – А. Хudoyarova, 11 yosh;
2 o‘rin – А. Lyjnik, 13 yosh;
3 o‘rin – Ya. Аbduganiyeva, 12 yosh.

Ular, tegishli ravishda, hayvonot bog‘iga tashrif buyurish uchun 6 oy, 3 oy va 1 oylik taklifnomalar bilan taqdirlanadilar.

Shuningdek, Jo‘rayeva D. (10 yosh) va Ismatullayev D. (12 yosh) hamda «Angelochek» klubidagi rivojlanishida o‘ziga xosliklari bo‘lgan bolalarning ishlari ham alohida e'tiborga loyiq deb topildi. Bu bolajonlarni ham hayvonot bog‘imizda kutib qolamiz.

Toshkent hayvonot bog‘i direktori Abduhafiz Rustamov tadbir ishtirokchilariga minnatdorlik bildirdi, ular bilan esdalik suratga tushdi, keyin esa ekskursiyaga taklif etdi.

Eng muhimi, bolajonlar yuzidan quvonch to‘la tabassum arimadi. Bu esa – biz uchun eng yaxshi sovg‘a.

Ishtirokingiz uchun katta rahmat sizlarga. Iqtidoringiz uchun rahmat.