Get Mystery Box with random crypto!

Ukkilarimiz haqida bir so‘z ayting. ⠀ Biz ular haqida soatla | Tashkent Zoo Official

Ukkilarimiz haqida bir so‘z ayting.

Biz ular haqida soatlab gapirishga tayyormiz. Va tomosha qilishga ham. Negaki bu qushlar o‘zining betakror ko‘rinishi bilan bir qarashdayoq o‘ziga mahliyo qilib qo‘yadi.

Yorqin va sirli, xotirjam va qat'iyatli. Bugun biz sizlarga o‘ziga xos qushlar — ukkilar haqida so‘zlab beramiz.

Shunday qilib:

Ukki – bu, boyqushsimonlar turkumiga mansub tungi qush.

Ular o‘lchami bilan ham, qanotlarining uzunligi bilan ham boyqushlardan anchagina katta.

Ularning vazni 2-4 kg, tanasining uzunligi esa 50-72 sm bo‘lishi mumkin. Qanotlarining uzunligi esa 1.5-2 metrgacha yetadi.

Ukkilar – juda yaxshi ovchilar. Bunda ularga o‘tkir eshitish qobiliyati, qanotlari chetlarida joylashgan yumshoq parlar evaziga shovqinsiz uchish hamda a'lo ko‘rish qobiliyati yordam beradi.

Toshkent hayvonot bog‘ida ukkilar o‘zlarini juda yaxshi his qilishadi, ko‘payishadi va ko‘pincha boshqa hayvonot bog‘laridan o‘zaro almashuv dasturiga asosan olib kelinadi. Biz esa, o‘z navbatida, qanotli do‘stlarimizni boshqa hayvonot bog‘lariga, chunonchi, Boku hayvonot bog‘iga ham taqdim etganmiz.

Yaqindagina bizda Gadjet laqabli ukkivoycha tug‘ildi (u haqida avvalgi nashrlarimizda yozganmiz), xodimlarimiz hozirda uni parvarishlash bilan ovoralar.

Siz ham bizning go‘zallarimiz bilan tanishmisiz? Tanish bo‘lmasangiz, bu yoqimli uchrashuvni keyinga qoldirmang.
___

О наших филинах замолвите слово.

Мы готовы говорить о них часами. И смотреть тоже. Ведь эти птицы завораживают своей необычной внешностью с первого взгляда.

Яркие и загадочные, спокойные и цепкие. Сегодня мы расскажем вам о филинах – птицах очень своеобразных.

Итак:

Филин – это сумеречная птица, которая относится к отряду совообразных.

Они значительно больше сов и по размеру, и по размаху крыльев.

Их вес может варьироваться от 2 до 4 кг, а длина тела от 50 до 72 см. Размах крыльев достигает до 1.5-2 метров.

Филины – отличные охотники. И в этом им помогают: развитый слух, бесшумный полет, который достигается наличием мягкого опушения по краям крыльев, а также отличное зрение.

В Ташкентском зоопарке филины чувствуют себя прекрасно, хорошо размножаются и часто попадают к нам из других зоопарков по обмену. А мы, в свою очередь, также передавали своих пернатых в разные зоопарки, в частности, в Бакинский.

А совсем недавно у нас родился филиненок Гаджет (мы о нем писали в предыдущих публикациях), за которым сейчас ухаживают наши сотрудники.

А вы знакомы с нашими красавцами? Если нет, то не откладывайте эту приятную встречу.

Автор фото: Александр Жудро

Instagram | Facebook | YouTube | TikTok | tashkentzoo.uz