Get Mystery Box with random crypto!

Ajablanarli, ammo haqiqat! ️ ⠀ Ular dinozavrlardan oldin payd | Tashkent Zoo Official

Ajablanarli, ammo haqiqat! ️

Ular dinozavrlardan oldin paydo bo‘lishgan va 450 million yildan ortiq vaqt davomida dunyo okeanida yashab kelishmoqda.

Gap kim haqida? Albatta, sirli va chiroyli baliqlar haqida.

Ular haqida ko‘proq bilib oling va hayratda qoling.

Shunday qilib:

Baliqlar gaplasha oladilar. Xabarlarni bir-biriga yetkazish uchun ular odam sezmaydigan past tonli tovushlar yoki ultratovushdan foydalanadilar.

Ba'zi baliq turlari, masalan, laqqa baliqlar, vishillashi, g‘ichirlashi, xirillashi va hatto hushtak chalishi mumkin. Buning uchun ular tanasining turli qismlaridan foydalanadilar.

Baliqlar ranglarni ajratibgina qolmay, balki ulardan o‘zlarini himoya qilish uchun ham foydalana olishadi.

Baliqlarning xotirasi juda zo‘r. Ular yo‘nalishni tanlashda adashishmaydi, labirintdan chiqish yo‘lini topa olishadi va hatto odamlar yuzini eslab qolishga qodir.

1994-yilda olimlar oltin baliq bilan tadqiqot o‘tkazib, uni mukofot olish uchun tugmani bosishga o‘rgatishdi (buni sutka davomidagi ma'lum soat davomidagina amalga oshirish mumkin edi). Baliq bu vazifani uddaladi.

Ba'zi baliq turlari hatto o‘z egasini tanishga qodir.

Siz-chi, baliqlar haqida nimalarni bilasiz? Izohlarda yozib qoldiring va bilimlaringizni obunachilarimiz bilan bo‘lishing.

__

Удивительно, но факт!

Они появились раньше динозавров и населяют мировой океан уже более 450 миллионов лет.

О ком мы? Конечно же, о загадочных и красивых рыбах.

Узнавайте о них и удивляйтесь.

Итак:

Рыбы могут разговаривать. Для передачи сообщений друг другу они используют звуки низких тонов или ультразвуки, которые не сможет почувствовать человек.

Некоторые виды рыб, к примеру сомовые, могут шипеть, скрипеть, хрипеть, и даже посвистывать. Для этого они используют разные части тела.

Рыбы не только различают цвета, но и способны использовать их для своей защиты.

У рыб отличная память. Они хорошо умеют ориентироваться в пространстве, находят выход из лабиринта и даже запоминают человеческие лица.

В исследовании 1994 года ученые обучали золотую рыбку нажимать на рычаг, чтобы получить вознаграждение (причем сделать это можно было только в течение одного часа в сутки). И рыбка справилась.

Некоторые виды рыб даже способны узнавать хозяина.

А что о рыбах знаете вы? Пишите в комментариях и делитесь с нашими подписчиками.

Instagram | Facebook | YouTube | TikTok | tashkentzoo.uz