Get Mystery Box with random crypto!

Mening yo‘lim. ⠀ Hammaga salom! Mendan siz, aziz obunachilarim | Tashkent Zoo Official

Mening yo‘lim.

Hammaga salom! Mendan siz, aziz obunachilarimiz uchun o‘z tariximni yozishni so‘rashganida, quvonchimning cheki yo‘q edi, negaki men siz bilan muloqot qilishni juda yaxshi ko‘raman.

Shunday qilib, keling, tanishamiz.

Меning ismim Malishka. Men burama shox echkichaman va Toshkent hayvonot bog‘iga 2020-yil yozining boshida kelib qolganman.

Меni cho‘pon kuchugidan tortib olib, hayvonot bog‘i vetklinikasiga jo‘natishgan, bu yerda esa menda bosh-miya jarohati borligi aniqlandi: boshimda o‘sha kuchukning tishlari qoldirgan 2 ta chuqur jarohat. Naqd ikki kun davomida shifokorlar oldimdan bir qadam ham siljimay, bor kuchlari bilan menga g‘amxo‘rlik qilishdi…

Tez orada men oyoqqa turdim va «Tuyoqlilar» bo‘limiga o‘tkazildim, u yerdagi jonivorlar bilan tezda do‘stlashib oldim.

Hozir men ancha ulg‘aydim va soppa-sog‘man, turmushga chiqishga ham ulgurdim, bolajonlarim bilan hammani xursand qilish va qizil kitobdagi jonivor turlarini saqlab qolishga tayyorman.

Mehmonga keling, aziz do‘stlar! Yaqindan tanishib olamiz.

_

Мой путь.

Всем привет! Когда меня попросили написать свою историю для вас, наши дорогие подписчики, радости моей не было предела, ведь я очень люблю общаться с вами.

Итак, давайте знакомиться.

Меня зовут Малышка. Я винторогая козочка и попала я в Ташкентский зоопарк в начале лета 2020 года.

Меня отбили от собаки пастуха и направили сюда в ветклинику, где у меня обнаружили черепно-мозговую травму: 2 глубокие раны на голове, оставленные клыками этой собаки. Целых два месяца врачи не отходили от меня ни на минуту, заботясь обо мне изо всех сил…

В скором времени я вылечилась и была переведена в отдел «Копытные», где быстро сдружилась с его обитателями.

Сейчас я, совсем взрослая и здоровая, успела выйти замуж, готова радовать всех своим потомством и сохранять вид краснокнижных.

Приходите в гости, дорогие друзья! Будем знакомиться ближе.

Автор фото: Александр Жудро

Instagram | Facebook | YouTube | TikTok | tashkentzoo.uz