Get Mystery Box with random crypto!

Yozni yaxshi yangiliklar va qiziq voqealardan boshlaymiz! X | Tashkent Zoo Official

Yozni yaxshi yangiliklar va qiziq voqealardan boshlaymiz!

Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bag‘ishlangan ko‘rgazmamizda ishtirok etgan «Angelochek» klubidagi rivojlanishida o‘ziga xosliklari bor bolalar o‘zlarining yorqin, ertaknamo va samimiy rasmlari bilan bizga shunday ilhom bag‘ishlashdiki, biz davom ettirishga qaror qildik.

Buning ustiga, 5-iyun — Butunjahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuni, shunday ekan, davom ettirish uchun salmoqli sabab ham bor.

Shunday qilib biz «Mening sevimli jonivorim» mavzusida eng yaxshi bolalar rasmi uchun tanlov e'lon qilamiz va unda 14 yoshgacha bo‘lgan barcha bolajonlarni ishtirok etishga chorlab qolamiz.

Shunchaki jonivorlarimiz orasidan o‘zingiz eng sevganingizning rasmini chizing;

iyun kuni esa biz natijalarni sarhisob qilamiz! Eng yaxshi rasm egalari va ularning ota-onalarini ko‘rgazmada ishtirok etish uchun hayvonot bog‘iga taklif etamiz.

13-iyun kuni esa ko‘rgazmaning o‘zi o‘tkaziladi. Ishtirokchilar kelib, tengdoshlarining ijodi bilan tanishishlari hamda jonivorlarimizni ko‘rishlari mumkin.

Muhim!

10-iyundan 12-iyungacha o‘z rasmlarini hayvonot bog‘iga shaxsan olib kelgan bolajonlar — avtomatik ravishda ko‘rgazma ishtirokchisiga aylanishadi. Kela olmaganlar esa — o‘z ishlarini bizning sahifamizda ko‘rishlari mumkin.

Ko‘rgazma ishtirokchilari uchun hayvonot bog‘iga kirish bepul.

Rasmingizni, bizni belgilagan holda Stories orqali chop etishingiz yoki Direct orqali bizga jo‘natishingiz mumkin.

Ishtirok eting va ijodingizni biz bilan bo‘lishing.

Xo‘sh, boshladikmi?

__

Начинаем лето с хороших новостей и интересных событий!

Дети с особенностями развития из клуба «Ангелочек», принявшие участие в нашей выставке к Международному дню защиты детей, так вдохновили нас своими яркими, сказочными и душевными рисунками, что мы решили продолжить.

Тем более, что 5 июня – это Всемирный день охраны окружающей среды и, получается, что у нас есть весомый повод.

Таким образом, мы объявляем конкурс на самый лучший детский рисунок на тему «Мое любимое животное» и приглашаем поучаствовать в нем всех желающих до 14 лет.

Просто нарисуйте ваше любимое животное из наших обитателей.

А уже июня мы подведем итоги! Авторы лучших рисунков и их родители будут приглашены в наш зоопарк, чтобы поучаствовать в выставке.

13 июня у нас пройдет сама выставка. Участники смогут прийти и познакомиться с творчеством своих сверстников, а также увидеть наших обитателей.

Важно!

Те, кто принесет свои работы с 10 до 12 июня в зоопарк – автоматически становятся участниками выставки. Те, кто прийти не сможет – увидят свои работы на нашей странице.

Вход для участников выставки будет бесплатным.

Фото рисунка вы можете опубликовать в Stories, отметив нас или прислать нам в Direct.

Участвуйте и делитесь с нами вашим творчеством!

Ну что, начнем?

Фото: А. Жудро, Окил Гулямов

Instagram | Facebook | YouTube | TikTok | tashkentzoo.uz