Get Mystery Box with random crypto!

Toshkent hayvonot bog‘ida ikki karra bayram. ⠀ Kecha biz faq | Tashkent Zoo Official

Toshkent hayvonot bog‘ida ikki karra bayram.

Kecha biz faqatgina Xalqaro bolalarni himoya qilish kunini emas, balki Marusya laqabli ponining tug‘ilgan kunini ham nishonladik.

U 2013-yilda tug‘ilgan, bizning hayvonot bog‘imizga esa 2014-yilda olib kelingan va hozirgacha shu yerda yashamoqda hamda qizalog‘i Businkani (esingizda bo‘lsa, uning ismini ijtimoiy tarmoqlarda tanlov asosida tanlagan edik) o‘stirmoqda.

Poni Marusya – juda yumshoqko‘ngil va mehribon, muloqotni yaxshi ko‘radi va quvnoq. Tuyoqlilar bo‘limi xodimlari uni chaqirishganda u xursand bo‘lib yugurib keladi va ularning qo‘llaridan ovqat yeydi.

Uning sevimli ozuqasi – bu mevalar, sabzavotlar, beda esa jon-u dili, oyda bir marta qand ham berib turamiz. U qandni juda yaxshi ko‘radi, ammo ko‘p iste'mol qilish sog‘liqqa zarar.

Маrusya volyerda bir o‘zi emas, balki jonajon dugonasi Jenya bilan birga yashaydi va ular sizlarni intizorlik bilan kutib qolishadi, do‘stlar!
____

Двойной праздник в Ташкентском зоопарке.

Вчера мы отмечали не только Международный день защиты детей, но и день рождения пони Маруси.

Она родилась в 2013 году, а в 2014 попала в наш зоопарк, где живёт по сей день и растит доченьку Бусинку (имя для нее мы выбирали на конкурсной основе в социальных сетях, если помните).

Пони Маруся – очень добрая и ласковая, общительная и веселая. Когда сотрудники отдела копытных зовут её, то она с радостью подбегает и ест с их рук.

Ее любимая еда – это фрукты, овощи, особенно она любит клевер, а раз в месяц мы даём ей сахар. Она его тоже очень любит, но есть его в больших количествах вредно для здоровья.

Маруся живет в вольере не одна, а с подругой Женей, с которой они хорошо ладят и с радостью ждут вас, дорогие друзья!

Фото: А. Жудро

Instagram | Facebook | YouTube | TikTok | tashkentzoo.uz