Get Mystery Box with random crypto!

Qora, qora laylak. ⠀ Laylaklar faqat oq emas, balki qora tus | Tashkent Zoo Official

Qora, qora laylak.

Laylaklar faqat oq emas, balki qora tusda ham bo‘lishini bilarmidingiz? Bilmagan bo‘lsangiz, bugungi postimiz siz uchun qushlar olamining sirli pardasini ochib beradi.

Bu go‘zal qushlar bilan yaqindan tanishishga tayyormisiz?

Keling, boshlaymiz.

Shunday qilib, qora laylak – bu o‘rmon qushi, u tinch o‘rmon hududlari, tog‘lar yoki o‘tib bo‘lmaydigan botqoq va daryo atrofi hududlarida uya quradi.

Sevimli taomlari – jonli ozuqa (baliqlar, qurbaqalar, suvda yashovchi umurtqasizlar va hk).

Qiziq dalillar:

Ko‘zi atrofidagi teri rangiga qarab, ularning yoshini bilib olish mumkin: yosh qushlarda u kulrang-yashil tusda, yoshi kattalarida esa – qizil rangda bo‘ladi;

Ular monogam, ammo o‘z jufti bilan faqat nikoh davridagina birlashadi. Вoshqa vaqtda laylaklar yolg‘izlikni afzal ko‘radi;

Yosh laylaklar uyasidan 64-65 kunlik davrida uchirma bo‘ladi;

Umrining o‘rtacha davomiyligi – 20 yilcha, hayvonot bog‘larida esa – deyarli 30 yil;

Qora laylaklar «Qizil Kitob»ga kiritilgan va yo‘qolib ketish xavfi ostida sanaladi.

Ular juda ko‘rkam va beqiyosdirlar. Bu esa shaxsan kelib, ularni o‘z ko‘zlaringiz bilan ko‘rishga arziydi.

Qayerda deysizmi? Albatta hayvonot bog‘imizda.

Sizni kutib qolamiz, do‘stlar.

_____

Черный, черный аист.

А вы знали, что аисты бывают не только белыми, но и черными? Если нет, то наш сегодняшний пост станет для вас открытием таинственного мира птиц.

Готовы познакомиться с этими красавцами поближе?

Давайте начнем.

Итак, черный аист – это лесная птица, которая обычно гнездится в тихих лесных районах, горах или недоступных территориях около болот и рек.

Любимое меню – животная пища (рыбы, лягушки, водные беспозвоночные и тд).

Интересные факты:

Их возраст можно узнать по цвету кожи вокруг глаз: у молодых особей она окрашена в серо-зеленые тона, у взрослых – в красные;

Они моногамны, но в пару с избранником объединяются только на время брачного периода. В остальное время аист предпочитает одиночество;

Вылетают из гнезда молодые аисты в возрасте 64-65 дней;

Средняя продолжительность жизни – около 20 лет, в зоопарках – почти 30;

Черные аисты занесены в «Красную книгу» и находятся под угрозой иисчезновения.

Они прекрасны и необычны. И это стоит того, чтобы прийти и увидеть их своими глазами.

Где? Конечно же, в нашем зоопарке.

Ждём вас, друзья.

Фото А. Жудро

Instagram | Facebook | YouTube | TikTok | tashkentzoo.uz