Get Mystery Box with random crypto!

Men ham yaxshiman, sen ham yaxshisan. ⠀ Ilonlar – mavhum jon | Tashkent Zoo Official

Men ham yaxshiman, sen ham yaxshisan.

Ilonlar – mavhum jonivorlar. Kimdir ulardan qo‘rqadi, yana boshqalar esa ularning nafosatidan hayratda qolib, bajonidil bo‘ynilariga o‘rab olishadi.

Biz, hayvonot bog‘i xodimlari uchun, ilonlarning yomoni bo‘lmaydi. Faqat zaharlisi va zaharsizi bor xolos.

Ular zaharidan tashqari yana qaysi jihatlari bilan farqlanadi, buni hozir bilib olamiz. Xo‘sh, boshladikmi?

O‘zbekistondagi zaharli ilonlarni (kobradan tashqari) zaharsizlaridan farqlovchi asosiy jihatlari – tor tirqishsimon ko‘z qorachig‘i va qisqa qalinlashgan dumi.

Коbra, ko‘pgina zaharsiz ilonlar kabi, dumaloq ko‘z qorachig‘i va uzun ingichka dumga ega.
Ammo, zaharsiz ilonlardan farqli ravishda u, himoyalanish uchun yoki xavf tug‘ilganda, tikka turib oladi.

Qo‘shimcha qilamiz: zaharli ilonlardan qo‘rqish kerak emas!

Negaki ular hech qachon sababsiz chaqishmaydi. Ular instinktiv ravishda o‘z quroli kuchini «anglashadi» va xavf haqida ogohlantirishadi.

Masalan, kobra o‘ziga xos ravishda tik turib oladi, yapaloqbosh va ko‘lvor ilon baland ovozda vishillaydi, shaqildoq ilon shaqildog‘ini shiqillatadi, ularning qarindoshi – bo‘shilon esa dumining uchini likillatadi, charxilon esa – tanasining yon tomonidagi tangachalarini ishqalash orqali ovoz chiqaradi.

Shu yo‘l bilan, ular mojaroga yo‘l qo‘ymasdan va zaharini ishga tushirmasdan dushmanni to‘xtatib qolishga intilishadi.

Ularga duch kelib qolsangiz, ehtiyot bo‘ling va ularni o‘zingiz xafa qilmang.

Siz ilonlardan qo‘rqasizmi? Yoki yo‘q? Balki ular bilan bog‘liq qiziq voqealarni bilarsiz? Izohlarda yozib qoldiring.

—————

И я хороший, и ты хороший.

Змеи – животные неоднозначные. Кто-то их боится, а кто-то с удовольствием сажает их себе на шею и восхищается их грацией.

Для нас, работников зоопарка, плохих змей не бывает. Бывают ядовитые и неядовитые.

А чем они отличаются, ну кроме яда, естественно, мы сейчас узнаем. Вы с нами?

Основные отличия ядовитых змей Узбекистана (кроме кобры) от неядовитых – узкий щелевидный зрачок глаз и короткий утолщенный хвост.

Кобра, как и большинство неядовитых змей, имеет круглый зрачок и длинный тонкий хвост.
Но при этом, в отличие от них, она при защите и угрозе поднимается в стойку.

Хотим добавить: бояться ядовитых змей не стоит!

Ведь они никого не кусают беспричинно. Они инстинктивно «осознают» силу своего оружия и предупреждают об опасности.

Например, кобра, как сказали ранее, встает в характерную для нее стойку, гадюка и гюрза громко шипят, гремучники трещат погремушками, а их родственник – щитомордник трясет кончиком хвоста, эфа – издает звук трением чешуек на боку туловища.

Таким образом, они стремятся остановить врага, избегая конфликта и не пуская в ход свой яд.

Проявляйте осторожность при встрече с ними и не обижайте их сами.

А вы боитесь змей? Или нет? А может у вас есть интересные истории, связанные со встречей с ними? Пишите в комментариях.

Instagram | Facebook | YouTube | TikTok | tashkentzoo.uz