Get Mystery Box with random crypto!

Ehtiyot bo‘ling: o‘ta xavfli. ⠀ Barcha jonivorlarimiz bir qa | Tashkent Zoo Official

Ehtiyot bo‘ling: o‘ta xavfli.

Barcha jonivorlarimiz bir qarashdayoq mehr uyg‘otadigan yoqimtoylar ekanligiga qaramay, ular orasida biroz xavotir uyg‘otadiganlari ham yo‘q emas.

Ular kim bo‘ldi?

Albatta, «Yirtqichlar» bo‘limi aholisi.

Bu bo‘lim eng xavfli hisoblanadi va unda ishlovchi barcha xodimlar xavfsizlik texnikasiga qat'iy amal qilishadi. Jonivorlar bilan har qanday ishlarni birdaniga 2 ta, hattoki 3 ta xodim bir bo‘lib o‘tkazishadi.

Ularga Nodir Bahromov rahbarlik qiladi, u har kuni ertalab jonivorlar bilan ishlash bo‘yicha tushuntirish ishlarini olib boradi. Bo‘limdagi 24 jonivor hayoti va salomatligiga 11 ta xodim qaraydi.

Bo‘lim vakillari orasida qizil kitobga kiritilgan jonivorlar ham bor: Navro‘z laqabli amur yo‘lbarsi (Moskva hayvonot bog‘idan mart oyida olib kelinganligi uchun shunday nomlangan), hamda uning dugonasi – bizning hayvonot bog‘imizda tug‘ilgan Osiyo laqabli urg‘ochi yo‘lbars.

Hayvonot olamining sultoni – Kaliningraddan bizga olib kelingan Aleks laqabli sher nufuzli o‘rinni egallab turadi. Hozir u 9 yoshda.

Shuningdek, Termizdan olib kelingan Daryo laqabli urg‘ochi yo‘lbars, Nobosibirsk hayvonot bog‘idan olib kelingan Xelga laqabli urg‘ochi sher, serval, cho‘l va kanada bo‘rilari, ajoyib ayiqlar va boshqa ko‘plab jonivorlarni ko‘rishingiz mumkin.

Mushuksimonlar oilasi vakillari faqatgina go‘sht iste'mol qilishadi, volyerlari ozodaligini qadrlashadi, mehmonlarni yaxshi qarshi olishadi va ular bilan bajonidil muloqot qilishadi.

Bo‘limning qaysi jonivori haqida batafsilroq bilish sizga qiziq? Izohlarda yozib qoldiring. Keyingi safar u haqida batafsil so‘zlab beramiz.

————

Осторожно: особо опасны.

Несмотря на то, что все наши обитатели – милые очаровашки, влюбляющие в себя с первого взгляда, есть те, которые вызывают некоторые опасения.

Кто же они?

Конечно, жители отдела «Хищные».

Он считается самым опасным отделом, где все работники соблюдают технику безопасности. Любые манипуляции с животным проводят сразу 2, а даже 3 человека.

Заведует им Надыр Бахрамов, который каждое утро проводит инструктаж по работе с животными. Всего на 24 жильцов приходится 11 сотрудников, следящих за их жизнью и здоровьем.

Среди представителей отдела есть краснокнижные животные: амурский тигр Навруз (прибыл к нам из Московского зоопарка в марте, отчего и получил такую кличку), а также его подруга – тигрица Азия, которая родилась в нашем зоопарке.

Почётное место занимает царь зверей – лев по имени Алекс, прибывший к нам из Калининграда. Сейчас ему уже 9 лет.

Также вы можете увидеть у нас тигрицу Дарьё, которая попала к нам с Термеза, львицу Хельгу из Новосибирского зоопарка, сервала, пустынного и канадского волков, забавных медведей и многих других обитателей.

Представители кошачьих едят исключительно мясо, ценят чистоту в своих вольерах, хорошо реагируют на приходы гостей и мило с ними общаются.

Интересно узнать о каком-то определенном жителе отдела? Пишите нам в комментариях. И в следующий раз мы обязательно расскажем о нем подробнее.

Автор фото: А. Жудро

Instagram | Facebook | YouTube | TikTok | tashkentzoo.uz