Get Mystery Box with random crypto!

Toshkent hayvonot bog‘ining mehribon yirtqichlari. ⠀ Ha, shu | Tashkent Zoo Official

Toshkent hayvonot bog‘ining mehribon yirtqichlari.

Ha, shunaqasi ham bo‘ladi… agar gap bizning qushlarimiz haqida bo‘lsa.

Masalan, Vasenka laqabli to‘rt yoshli qora tasqara xodimlarimiz bilan juda yaxshi chiqishadi va, hatto, tozalashga qarashadi. Uning sevimli ozuqasi – bu go‘sht. Kuniga taxminan 800 gr go‘shtni paqqos tushiradi.

Sirli Nemo laqabiga ega bir yarim yoshli uy yapaloqqushi – juda ochiqtabiat yigit. Sayr qilishni va mazza qilib ovqatlanishni yaxshi ko‘radi. Mabodo kayfiyati buzilsa, sevimli yeguliklarini ko‘rsatish kifoya: kayfiyati darrov ko‘tariladi!

Gadjet – bizning Katta ukkimiz. U katta, ammo yoshi jihatidan hali chaqaloq – u bor-yo‘g‘i 3,5 oylik.

Ukkicha juda jajji payti, ikki haftalik bo‘lganda hayvonot bog‘i xodimlari uning parvarishini o‘z qo‘llariga olishdi, negaki uning onasi kichkintoy mustaqil hayotga tayyor degan qarorga kelgandi o‘shanda. O‘sha vaqtdan beri u bizga qattiq bog‘lanib qolgan.
Ishchilarimiz ovozini eshitganda, xursand bo‘lib ketishini ko‘rish juda yoqimli.

Qanotli do‘stlarimizni yirtqich qushlar bo‘limi qarovchisi — Davron Fayziyev parvarishlaydi. U qushlarimizga tinmay g‘amxo‘rlik qiladi va ular hech nimaga muhtoj bo‘lmasliklari uchun bor imkoniyatlarini ishga soladi.

Bundan tashqari! Qushchalarimiz hayvonot bog‘i mehmonlari bilan muloqot qilishni ham juda yaxshi ko‘rishadi, negaki ular uchun siz – quvonch manbaisizlar.

Keling va jonivorlarimizga quvonch hadya eting.

—————

Добрые хищники Ташкентского зоопарка.

Да, такое возможно… если речь идёт о наших птицах.

Например, четырехлетний черный гриф по кличке Васенька невероятно приветлив с нашими сотрудниками и даже помогает им убираться. Его любимая еда – это мясо. Он съедает около 800 г каждый день.

Полуторагодовалый домовой сыч с загадочным именем Немо – парень общительный. Любит гулять и вкусно поесть. Если он не в настроении, то достаточно показать ему любимые вкусняшки и все: настроение на высоте!

Гаджет – это наш большой филин. Он большой, но по возрасту еще совсем малыш – ему всего 3,5 месяца.

Сотрудники нашего зоопарка взяли заботу о филинёнке в свои руки, когда он был еще совсем крохой, в двухнедельном возрасте, когда мать малыша решила, что он готов к самостоятельной жизни. С тех пор он очень привязался к нам.

Приятно наблюдать, как он пищит, когда слышит голоса работников-так он радуется

Ухаживает за нашими крылатыми обитателями Даврон Файзиев- смотритель хищного отдела птиц. Он неустанно заботится о них и старается сделать все, чтобы им было комфортно.

А ещё! Наши птички очень любят общаться с гостями нашего зоопарка, ведь вы для них – источник радости.

Приходите и подарите ее нашим жильцам.

Автор фото: А. Жудро

Instagram | Facebook | YouTube | TikTok | tashkentzoo.uz