Get Mystery Box with random crypto!

Tug‘ilgan kuningiz muborak, kichik turnalar! ⠀ Taqvimda 10-m | Tashkent Zoo Official

Tug‘ilgan kuningiz muborak, kichik turnalar!

Taqvimda 10-may, hayvonot bog‘imizda esa quvonchli voqea – juda go‘zal kichik turnalarimiz Fotima va Zuhraning tug‘ilgan kuni.

Ularning onasi Shirinni bizga Moskva hayvonot bog‘idan olib kelishgan, otasi Farhodni esa – Olmaotadan.

Bizning hududimizda uchrashganidan keyin esa ular ajralmas juftlikka aylanishdi, 2016-yilning 10-may kunida esa yoqimtoychalarimizning baxtli ota-onasiga aylanishdi.

Siz-chi, kichik turnalarni bilasizmi? Bilmasangiz, keling, ular bilan yaqindan tanishamiz.

Kichik turna – turnasimonlar oilasining eng mayda vakillari bo‘lib, bo‘yi 95-97 sm, vazni esa 2,5-3,5 kg atrofida bo‘ladi.

Yevropa va Osiyoning dasht va yarimcho‘l mintaqalarida yashaydi, ammo ko‘p qismi Afrika, Nil vodiysi, Hindiston va Janubi-Sharqiy Osiyoda qishlaydi.

Taomnomasi – o‘simliklarning turli qismlari, yeryong‘oq, dukkakli ekinlar, don-dun, hasharotlar va boshqa mayda jonivorlardan iborat.

Qishlash joylarining o‘zidayoq monogam juftliklarni hosil qilishadi. Kichik turnalarning uyasi – sho‘rlangan yer po‘stlog‘i, qo‘y axlati va mayda toshlar bilan o‘ralgan kichkinagina o‘racha shaklida bo‘ladi.

Ularni o‘z ko‘zlaringiz bilan ko‘rish va yaqindan tanishishni istasangiz, hayvonot bog‘imiz eshiklari siz uchun doim ochiq.

Hozircha esa… keling, go‘zallarimizni 5 yoshi bilan birgalikda tabriklaymiz. Rozimisiz?

—————-

С днём рождения, красавки!

На календаре 10 мая, а у нас радостное событие – день рождения наших красивых красавок Фатимы и Зухры.

Их мама, Ширин, прибыла к нам из Московского зоопарка, а папа Фархад – из Алматинского.

Встретившись на нашей территории, они уже не расставались, а 10 мая 2016 года стали счастливыми родителями наших милашек.

А вы знакомы с красавками? Если нет, то давайте узнаем о них получше.

Красавка – это самый мелкий представитель семейства журавлиных, ее рост 95-97 см, масса 2,5-3,5 кг.

Обитают в степных и полупустынных областях Европы и Азии, но большинство из них зимует в Африке, в долине Нила, в Индии и Юго-Восточной Азии.

Меню – различные части растений, арахис, бобовые культуры, зерно, насекомые и другие мелкие животные.

Образуют моногамные пары еще в местах зимовки. Гнездо красавки – небольшая ямка, окруженная валиком из кусочков солончаковой корки, овечьего помета и мелких камушков.

Если вам интересно взглянуть на них вживую и познакомиться поближе, то двери зоопарка для вас открыты всегда.

А пока… давайте поздравим наших обитательниц с 5-летием в комментариях. Согласны?

Автор фото: А. Жудро

Instagram | Facebook | YouTube | TikTok | tashkentzoo.uz