Get Mystery Box with random crypto!

Bizning Moskva safarimiz haqida. ⠀ 2021-yil 27-dan 30-aprelg | Tashkent Zoo Official

Bizning Moskva safarimiz haqida.

2021-yil 27-dan 30-aprelgacha Toshkent hayvonot bog‘i vakillari Moskvada bo‘lib qaytishdi, u yerda HBAYMA (Hayvonot Bog‘lari va Akvariumlarning Yevrosiyo Mintaqaviy Assotsiatsiyasi) prezidenti saylovi bo‘lib o‘tdi.

Saylovda hammasi bo‘lib 25 ta hayvonot bog‘laridan vakillar ishtirok etishdi.

Shunday qilib, ovoz berish orqali, HBAYMA prezidenti etib Moskva hayvonot bog‘i bosh direktori lavozimi egasi Svetlana Akulova tayinlandi.

Saylovda ishtirok etishdan tashqari hayvonot bog‘imiz xodimlari bir nechta muhim muzokaralar o‘tkazishdi va ular muvaffaqiyatli yakunlandi.

Xususan, Moskva hayvonot bog‘i rahbariyati bilan tutqunlikda yashayotgan jonivorlar bilan ishlash masalasida mutaxassislarimiz orasida tajriba almashish borasida muzokaralar o‘tkazildi.

Tomonlar veterinariya va zootexnika masalalari bo‘yicha amaliy ish tajribasini orttirish uchun xodimlarimizni Moskva hayvonot bog‘iga xizmat safariga yuborish, shuningdek, jonivorlar bilan treninglar (kiperlar maktabi) o‘tkazish uchun Moskva hayvonot bog‘i mutaxassislarini bizga jo‘natish haqida kelishib olishdi.

Filimon laqabli Osiyo fil bolachasini Moskva hayvonot bog‘i tomonidan bizning hayvonot bog‘imizga berilishi mavzusiga alohida to‘xtalib o‘tildi.

Endi bizning oldimizda mas'uliyatli vazifa turibdi – yangi jonivorimiz uchun munosib yashash sharoitini yaratish va uni urg‘ochi filimiz Putri do‘stona kutib olishini ta'minlash.

Bundan tashqari, vakillarimiz hayvonot bog‘lari rahbarlari – HBAYMA a'zolari bilan qator hujjatlar va hamkorlik kelishuvlarini imzolash uchun ham uchrashishdi. Ular orasida – Boku va Yerevan hayvonot bog‘lari bilan o‘zaro anglashuv memorandumlari.

Oldinda ko‘plab qiziqarli yangiliklar bizni kutmoqda. Biz bilan birga qoling.
- - - - -
О нашей поездке в Москву.

С 27 по 30 апреля 2021 года представители Ташкентского зоопарка находились в Москве, где прошли выборы президента ЕАРАЗА (Евро-Азиатская Региональная Ассоциация Зоопарков и Аквариумов).

Всего в выборах участвовало свыше 25 зоопарков.

Таким образом, путем голосования, президентом ЕАРАЗА стала Светлана Акулова, которая занимает пост Генерального директора Московского зоопарка.

Но помимо участия в выборах, сотрудники нашего зоопарка провели несколько важных переговоров, которые увенчались успехом.

В частности, были проведены переговоры с руководством Московского зоопарка об обмене опытом между нашими специалистами по вопросам работы с животными в условиях неволи.

Стороны договорились о командировании наших работников в Московский зоопарк для стажировки по вопросам ветеринарии и зоотехники, а также о выездах специалистов Московского зоопарка к нам с целью проведения тренингов с животными (школа киперов).

Отдельная тема была посвящена передаче Московским зоопарком азиатского слоненка Филимона в наш зоопарк.

Теперь перед нами стоит ответственная задача – создание достойных условий для содержания нового обитателя и дружелюбного принятия его слонихой Путри в свою компанию.

Более того, наши представители встретились с руководителями зоопарков – членов ЕАРАЗА для заключения соглашений о сотрудничестве и подписания ряда документов. Среди них – меморандумы о взаимопонимании с зоопарками города Баку и Ереван.

Впереди у нас много интересного. Оставайтесь с нами.

Instagram | Facebook | YouTube | TikTok | tashkentzoo.uz