Get Mystery Box with random crypto!

Хоrijiy hamkor bilan kelgusi hamkorlik istiqbollari muhokama q | Toshkent shahar pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi

Хоrijiy hamkor bilan kelgusi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2022-yil 13-maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2026-yillarda xalq ta’limini rivojlantirish bo‘yicha milliy dasturni tasdiqlash to‘g‘rsida”gi Farmoni ijrosi haqida”gi 148-son buyrug‘i 7-bandida Pedagogika markazlariga aniq va tabiiy fanlar bo‘yicha malakali xorijiy mutaxassislarni jalb qilish vazifasi belgilangan.

Mazkur vazifaning ijrosini ta’minlash yuzasidan kuni kecha Toshkent shahar pegagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazida Markaz direktori Mohira Xalikova hamda Turkiyalik xorijiy ekspert, professor Dilek Erduran Avci bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Samimiy muloqot shaklida boʻlib oʻtgan uchrashuvda Markaz rahbari M.Xalikova xorijiy ekspert Dilek honimni milliy markazda amalga oshirilayotgan ishlar mazmun-mohiyati, faoliyat koʻlami bilan yaqindan tanishtirib oʻtdi, hamda kelgusi “STEM taʼlimini rivojlantirish”ga qaratilgan yangi hamkorlik loyihasi xususida suhbatlashdi. Jumladan Markazda master - klasslar, vebinarlar, science sohasidagi innovatsiyalar bo‘yicha mahorat darslari tashkillashrishga  kelishib olindi. Ma’lumot o‘rnida shuni ta’kidlash joizki, xorijiy ekspert, Dilek Erduran Avci hozirda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida faoliyat olib bormoqda.

Uchrashuv yakunida tomonlar oʻrtasidagi istiqbolli hamkorlik loyihalarini amalga oshirish, hamkorlikni yanada jadallashtirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi, hamda xorijiy ekspert ishtirokida STEM boʻyicha qoʻshma tadbirlar oʻtkazishga kelishib olindi.

Instagram | Facebook | Website | YouTube