Get Mystery Box with random crypto!

Qurbon Hayitingiz muborak bo‘lsin! Aziz vatandoshlar, hurmatl | Toshkent shahar pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi

Qurbon Hayitingiz muborak bo‘lsin!

Aziz vatandoshlar, hurmatli hamkasblar!
 
Yurtimizning ma’naviy hayotida beqiyos o‘rin egallab, xalqimizga xos mehr-oqibat, bag‘rikenglik va saxovat ifodasi bo‘lib kelgan Iyd Al Adha - Qurbon hayiti barchangizga muborak bo‘lsin!

Ushbu go‘zal ayyomda Sizga mustahkam sog‘lik, tinchlik-xotirjamlik, baxt-saodat tilayman.
Yurtimiz ravnaqi, millatimiz ta’lim-tarbiyasi rivoji yo‘lida olib borayotgan ezgu faoliyatingizda Yaratganning o‘zi madadkor bo‘lsin!

Samimiyat ila,

Toshkent shahar pedagoglarni
yangi metodikalarga o‘rgatish milly markazi direktori Mohira Xoliqova