Get Mystery Box with random crypto!

##### Xayr endi, qachondir duch qilsa taqdir, Ko‘rmaganga o | Tarmoqdagi Yolg'izlik

#####



Xayr endi, qachondir duch qilsa taqdir,
Ko‘rmaganga olib ketguncha xayr...
Xayr endi, hech qachon yo‘llar emas bir,
Ajal yoqamizdan tutguncha xayr...

Xayr endi biz jivdon odamlarimiz,
Ko‘mib yuboramiz istakni dilga.
Sog‘inchdan o'lsakda cho'kmaymiz tiz,
Qiynalsakda o‘zni olarmiz qo‘lga.

Xayr endi umrimning qisqa bayrami,
Noshod damlarimning shodligi xayr...
Hayot qadrsizdir bo‘lmasa kami,
Yo baxtdan, yo g‘amdan yoziladi she'r.

Xayr endi, taqdirga ming bora shukr,
Duch qilgani uchun hayotda sizga!
Sevgi ne ekanin qildim tasavvur,
Hijron kuydirganda qon oqdi ko‘zdan.

Xayr endi, bir kuni o‘tsak dunyodan,
O‘zimizla ketgay dardlarimiz ham.
Orom axtarmadik chunki ro‘yodan
Izlamadik sira xijronga malham...