Get Mystery Box with random crypto!

TARIX VA HUQUQDAN TESTLAR| TDYU

Telegram kanalining logotibi tarixvahuquqdan_testlar — TARIX VA HUQUQDAN TESTLAR| TDYU T
Telegram kanalining logotibi tarixvahuquqdan_testlar — TARIX VA HUQUQDAN TESTLAR| TDYU
Kanal manzili: @tarixvahuquqdan_testlar
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 1.81K
Kanalning ta’rifi

Kanalimizda faqat Tarix va Huquq haqida
Kanal admini: @Tarix_ustoz

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-09-01 19:31:19
#EHTIMOLIY_2020-yil_TEST

Berdaq 1827-1900-yillarda yashagan.
Berdaq avval ovul maktabida,
so‘ngra madrasada tahsil oldi
.
Berdaq - Navoiy, Fuzuliy, Mahtumquli, Kunxo‘ja asarlarini mutolaa qilib, she’riyat san’atini ulardan o‘rgandi.
Berdaq- 25 yoshida xalq ora-
sida iste’dodli shoir sifatida xalqqa tanildi
.
Berdaqning -„Bo'lgan emas“, ,,Umrim“ va ,,Soliq“ kabi she’rlarida mehnatkash xalqning og‘ir hayoti, shuningdek, Xiva xonlari va amaldorlari zulmiga qarshi xalq noroziligi o‘z aksini topdi.
Berdaqning- ,,Omongeldi“,
,,Oydo‘stbiy“, ,,Ernazarbiy“ kabi asarlarida xonlar zulmiga qarshi
kurashgan xalq qahramonlarini faxr bilan kuyladi
.
Berdaqning -1998-yilda mamlakatimizda tavalludining 170 yilligi keng nishonlandi.
Do'stlaringizga ham bizni tavsiya qiling.
Kanalga kirish @Dtm_tarixdan_testlar
575 views16:31
Ochish/sharhlash
2022-09-01 19:31:19
Тошкент қозилари

1868-1922 йиллар Тошентнинг тўрт: Себзор, Кўкча, Шайxонтоҳур, Бешёғоч даҳаси қозилари.

Тузувчи: Насриддин Мирзаев (PhD).

***
@Dtm_tarixdan_testlar
461 views16:31
Ochish/sharhlash
2022-09-01 16:31:08 Риё одамлар кўриб, эгасини мақташлари учун ибодатни изҳор қилишдир.

• Ибн Ҳажар Асқалоний

-

Риё яхшиликни бошқалар кўрсин учун қилишдир. Унда холис ният ва ихлос бўлмайди.

• Таҳонавий

-

Эй иймон келтирганлар! Садақаларингизни миннат ва озор бериш билан, молини Аллоҳга ва охират кунига иймон келтирмаса ҳам кишиларга риё учун нафақа қилганга ўхшаб, бекорга кетгазманг. У мисоли бир устини тупроқ босган силлиқ тошга ўхшайди. Бас, кучли ёмғир ёғса, силлиқ бўлиб қолади. Касб қилганларидан ҳеч нарсага қодир бўлмаслар. Ва Аллоҳ кофир қавмларни ҳидоятга бошламас.

• Бақара сураси, 264-оят

-

Улар молларини кишилар кўриши учун сарфларлар. Ҳамда Аллоҳга ва қиёмат кунига иймон келтирмаслар. Кимнинг яқини шайтон бўлса, у қандай ҳам ёмон яқин!

• Нисо сураси, 38-оят

-

Албатта, мунофиқлар Аллоҳни алдамоқчи бўлурлар. Ҳолбуки, Аллоҳ уларни «алдовчи”дир. Агар намозга турсалар, дангасалик билан, хўжакўрцинга турурлар ва Аллоҳни камдан кам зикр қилурлар.

• Нисо сураси, 142-оят

-

Абу Ҳурайра розияллоҳу анҳудан ривоят қилинади: «Пайғамбар соллаллоҳу алайҳи васаллам: “Аллоҳ таолодан Жуббул ҳазандан сақлашини сўранглар”, дедилар.
“Эй Аллоҳнинг Расули, Жуббул ҳазан нимадир?” дейишди.
“Жуббул Ҳазан, жаҳаннамдаги бир водий бўлиб, ундан жаҳаннам (қўриқчилари) ҳам ҳар куни юз марта паноҳ сўрайдилар”, дедилар.
“Эй Аллоҳнинг Расули, унга кимлар кирадилар?” дейишди.
“Амаллари ила риё қилувчи қорилар”, дедилар.

-

Фаллас айтади: "Ибн Абу Адийнинг бундай деганини эшитдим: "Довуд ибн Абу Ҳинд қирқ йил рўза тутди, лекин буни аҳли-аёли билмади. У ипакчи эди.

Тушлигини ўзи билан ишга олиб кетар ва йўлда уни садақага бериб юборарди. Ифторини эса уйга қайтгач, оила аъзолари билан кечки овқат вақтида қиларди."

-

Риёнинг зарарлари

1. Риё амалнинг савобини зое қилади.
2. Риё Аллоҳ таолонинг ёмон кўришига сабабдир.
3. Риёкор Аллоҳ таолонинг лаънатига сазовордир.
4. Риё ҳалокатга олиб борувчи гуноҳи кабирадир.
5. Риё риёкорнинг ғоятда жоҳил эканинига далил бўлади.
6. Риё фақирликни жалб қилади.
7. Риё ўз соҳибини фитналарга гирифтор қилади.
8. Риё эгасини қиёмат куни халойиқнинг олдида шарманда қилади ва бошқалар.

-

Тоатни ошкора қилишга рухсат

Тоатни махфий қилишда ихлос ва риёдан сақланиш фойдаси бор. Тоатни ошкора қилишда эса, бировларнинг эргашиши ва одамларга яхшиликни тарғиб қилиш фойдаси бор.
Ҳажга ўхшаш ибодатларни эса, махфий қилишнинг умуман иложи йўқ. Бас, шундай экан, амални ошкора қилган одам қалбини кузатиб бориши лозим. Токи унда махфий риёнинг муҳаббати пайдо бўлмасин. Доимо одамлар эргашишини ният қилиб турсин.
Бас, кимнинг нафси бақувват бўлиб, ихлоси бут бўлса, унинг наздида одамларнинг мақтови ва қоралови ҳеч нарса бўлмай қолса, амалини ошкора қилавериши мумкин. Чунки яхшиликка тарғиб қилиш яхшиликдир.
Салафи солиҳларнинг бир жамоалари одамлар ўрнак олиши учун ўзларининг аҳволи шарифларидан баъзиларини ошкора қилар эдилар. Улардан бирлари жон таслим қилиш пайти келганда: “Менга йиғламанглар! Мен мусулмон бўлганимдан бирор оғиз хато гап гапирганим йўқ”, деган.
Абу Бак ибн Айёш раҳимаҳуллоҳу ўғлига: “Бу ҳужрада Аллоҳ таолога маъсият қилишдан ҳазир бўл! Мен унда ўн икки минг марта хатм қилганман”, деган.

Manba: IqtibosVaqti


@DTM_Tarixdan_testlar
563 views13:31
Ochish/sharhlash
2022-08-31 19:30:39 8-FASL. ТAHSIL VAQТI HAQIDA


Hadisi shariflar mazmunini fikr qilib, ulug’larimiz ilm va kasbni tahsilini vaqti beshikdan lahadgachadir, deb belgilaganlar. Demak, inson umri boricha o’rganish, harakat qilishdan to’xtamasligi kerak. Hazrat Hasan ibn Ziyod (a.r.) yoshlari saksonlarga borganda ilm olishga, fiqhni o’rganishga kirishgan ekanlar. Shundan so’ng qirq yil yonboshlari ko’rpacha ko’rmadi. Qirq yildan keyin fatvo bera boshlagan ekanlar. So’fiy Allohyorning ushbu baytlarining mazmuni e’ti-borga molikdir:
Agar nafsing sani yetmish boshingdin,
Na bo’lg’ay foyda yetmish yoshingdan.
Agar nafsing murodin izlamasaig,
Agar saksanga umring yetsa saksan.

Kasb va ilm olishning ekg fazilatli vaqti avvalo yoshlik davri hisoblanadi. Sahar vaqti, hufton va shom namozlarini orasidagi vaqt ham yaxshi vaqtlardan hisoblanadi. Тolib tahsil mehnatiga o’zini g’arq qilmog’i kerak, biror ilmni o'qish "malol kelsa yoki zeriksa, boshqa ilm bilan shug’ullansin. Boshqa foydali narsaga o’zini jalb qilsin.
Hazrati Muhammad ibn Hasan kechalari uxlamasdilar. Atroflariga kitob va daftarlarini ko’yib olardilar. Biridan zeriksapar boshqasini olardilar va yonlarida doim suv turar edi. Yuzlarini yuvib, uykuni ketkazar edilar.
-Uyqu issiqlikdan keladi,- der edilar.
Hazrat ibn Abbos (r.a.) ham gapirishdan zeriksalar yoki charchasalar:
-«She’rlar devoni»ni keltiringlar,- deb buyurardilar.

"Ilm olish sirlari" Imom Zarnujiy

@TarixvaHuquqdan_testlar
782 viewsedited  16:30
Ochish/sharhlash
2022-08-31 18:34:06 SINF QO'QON XONLIGIDA MADANIY HAYOT MAVZUSI BO'YICHA
MUALLIF: İSMOİL JO'RABOYEV KANALIMIZ: @MARVEL_TARIX testi
35 ta savol · 30 soniya
709 views15:34
Ochish/sharhlash
2022-08-31 17:13:488 sinf Davlat funksiyalari .Rajabova Nafosat” testi
21 ta savol · 15 soniya
753 views14:13
Ochish/sharhlash
2022-08-31 03:13:10
Asosiy xizmati shundan iboratki, u insonning tabiiy huquqlari: yashash, erkinlik va mulk huquqlari ta'minotini yaratdi. Ushbu ma'lumotlar kimga tegishli?

t.me/Dtm_tarixdan_testlar
Anonymous Quiz
10%
Isak Nyuton
21%
Jordano Bruno
64%
Jon Lokk
5%
Nikolay Kopernik
364 voters902 views00:13
Ochish/sharhlash
2022-08-30 19:00:33 10-SINF JAHON TARIXI DARSLIGIDAN…

MUHIM AHAMIYATGA EGA BOLGAN MALUMOTLAR !!! (1-qism)

FASHIZM – Italiyada paydo bolgan siyosiy oqim
NATSIZM – Germaniyada paydo bolgan siyosiy oqim
TOTALITAR DAVLATLAR – XX asrning 20-yillarida Germaniya, Italiya,Yaponiya,SSSRda qaror topgan
INSULIN – XX asrning eng buyuk kashfiyoti
``TAJAVUZKORGA YON BERISH``siyosati – Buyuk Britaniya bosh vazir Nevill Chemberlen nomi bilan bogliq
XALQ FRONTI – Fransiya va Ispaniyada tuzilgan tashkilotlar
NOYABR INQILOBI – Germaniyada 1918-yil noyabrda Kill shahri harbiy dengizchilari boshlab qozgalon
RUR INQIROZI – 1923-yilda fransuzlar Germaniyaning Rur viloyatiga bostirib kirishi
`PIVO ISYONI`` –1923-yil 8-noyabrda A.Gitler boshchiligidagi Myunxendagi isyon
ANSHLYUS –(qoshib olish,ittifoq).Tarixda , asosan , 1938-yili Germaniyaning Avstriyani qoshib olishga nisbatan qollaniladi
YAGONA HARBIY LAGER davlati – 1-jahon urushidan song Rossiyada qaror topadi
HARBIY KOMMUNIZMsiyosati – 1918-1922-yillar Sovetlar respublikasida iqtisodni boshqarishning harbiy usul siyosati.Bu fuqorolar urushida galaba qozonish uchun mamlakat barcha resurslarini safarbar qilishning favqulodda tizimi edi
OZIQ-OVQAT RAZVYOTKASI –Rossiyada dehqolardan oshiqcha oziq-ovqat mahsulotlarini majburiy va tekin tortib olishi
DAVLAT SOTSIALIZMI – SSSRda ornatiladi.Bu davlatning iqtisodiyotga va ijtimoiy munosabatlarga aralashuvi degani
YANGI IQTISODIY SIYOSAT – SSSRda bolsheviklar qollagan siyosat
MADANIY INQILOB – XX asrning 20-yillarida SSSRda amalga oshiriladi.
` MADANIY INQILOB`` – 1970-yillarida Xitoyda amalga oshiriladi
KATTA FASHIST KENGASH – Italiyada Mussolini tomonidan 1939-yil boshida tuziladi
KORTES – Ispaniya va Portugaliyada parlament nomlanishi
``QAHVA OLIGARXIYA``si – Braziliyada qaror topgan
``YAXSHI QOSHNICHILIK TAMOYILI – 1933-yil AQSH prezdenti F.Ruzvelt tomonidan Lotin Amerikasi davlatlariga elon qilinadi
YOSH OFITSERLAR`` radikal tshkiloti – Yaponiyada 1920-yillar oxirida paydo boladi
YANGI SIYOSIY TIZIM – Yaponiyada jamiyat ustidan harbiy-davlat byurokratiyasini qattiq nazorati
IXETUAN QOZGALONI – 1899-yilda Xitoyda bolib otadi
4-MAY HARAKATI – Xitoyda 1919-yil 4-mayda Pekinda talabalar Parij konferensiyasi qarorlariga qarshi nomoyishi
`30-MAY HARAKATI`` – SHanxayda talabalarning tinch namoyishi ingliz politsiyachilari tomonidan oqqa
tutulishi natijasida kelib chiqadi
PANAFRIKANIZM OTALARI ` – Uilayam Dyuba va Markus Garvi

@TarixvaHuquqdan_testlar
941 views16:00
Ochish/sharhlash
2022-08-30 16:47:46 1. Qoraqalpoqlarda … da urug‘ning barcha a’zosi
ishtirok etishi shart bo‘lgan.
A) to‘y marosimlari B) xalq sayillari
C) tug‘ilgan kunlar D) dafn marosimlari

2. Quyidagi davlatlardan qaysi birining tarix
sahnasidan ketishi keyinroq sodir bo‘lgan?
A) Somoniylar davlati B) Anushteginiylar davlati
C) Qoraxoniylar davlati D) G‘aznaviylar davlati

3. O‘zbekistonda rasman mavjud bo‘lgan 3 ta
xotira kunlarini aniqlang.
1) 18-fevral; 2) 9-may; 3) 31-avgust;
4) 2-sentabr; 5) 6-noyabr.
A) 1,3,5 B) 2,3,4 C) 1,2,4 D) 2,4,5

4. Buxoro xonligi va Rossiya munosabatlarining
rivojlanishi qaysi hukmdorlar nomi bilan bog‘liq?
A) Ko‘chkunchixon va Pyotr I
B) Abdullaxon II va Ivan Grozniy
C) Ko‘chkunchixon va Ivan Grozniy
D) Abdullaxon II va Pyotr I

5. 1932-yil 14-oktyabrda tuzilgan O‘zbekiston
SSR Fanlar komitetiga 1934-yilda rais qilib
saylangan shaxsni ko‘rsating.
A) Toshmuhammad Niyozovich Qori-Niyoziy
B) Vali Qayumxon
C) Turor Risqulov
D) Otajon Hoshimov

6. Yurtimizda 2001-yildan ishlab chiqarila
boshlagan avtomobil nomini aniqlang.
A) Nexia B) yangilangan Damas C) Matiz
D) Chevrolet Lasetti

7. 1886–1917-yillarda faoliyat olib borgan
tuzilma nomini belgilang.
A) Turkiston general-gubernatorligi
B) “Qoraqalpoq ulusi”
C) “Rossiya imperatorining siyosiy agentligi”
D) Toshkent mahkamasi

8. O‘ zbekistonda “hujum” harakati eng faol
o‘tkazilgan yillarni aniqlang.
A) 1921–1922-yillar B) 1927–1928-yillar
C) 1933–1934-yillar D) 1940–1941-yillar

9. Quyidagi qaysi qo‘zg‘olonda Shamsiddiy
Mahbubiy, Muhammad va Ali ismli shaxslar
ishtirok etgan?
A) Dukchi Eshon qo‘zg‘oloni
B) Oydo‘stbiy qo‘zg‘oloni
C) G‘urak va Divashtich qo‘zg‘oloni
D) Mahmud Torobiy qo‘zg‘oloni

10. Qo‘qon xonligida 51 yil davomida
maktabdorlik qilib jami 890 nafar qizning
savodini chiqargan shaxs nomini aniqlang.
A) Jahon Otin Uvaysiy B) Mohlaroyim
C) Dilshodi Barno D) Modarixon

11. Makedoniyalik Aleksandr O‘rta Osiyo
yerlarini bosib olish uchun qancha vaqt uringan?
A) deyarli uch yil B) o‘n yildan ko‘proq
C) besh yilcha D) sakkiz yilga yaqin

12. Quyidagi qaysi sarkarda mo‘g‘ullarni o‘n bir
yil davomida nafaqat O‘rta Sharqqa, balki Sharqiy
Yevropaga ham qo‘ymagan?
A) Amir Temur B) Jaloliddin Manguberdi
C) Temur Malik D) Muhammad Shayboniy

13. O‘rta Osiyo ta’limining boshlang‘ich tizimida
o‘rnatilgan Qur’oni Karimning yettidan biri
qanday nomlangan?
A) “Chor kitob” B) “Tafsir” C) “Haftiyak”
D) “Avvali ilm”

14. 2017-yilda Toshkentdagi qaysi bog‘ga
“Do‘stlik” bog‘i nomi berilgan?
A) “Komsomol ko‘li” B) “Bobur” bog‘i
C) “Telman” bog‘i D) “Abdulla Qodiriy” bog‘i

15. Qayer 1990-yilda Butunjahon yodgorliklari
ro‘yxatiga kiritilgan?
A) Registon ansamli B) Dishan qal’a
C) Daxmayi Shohon ansambli D) Ichan qal’a

Testni ishlab

@abituriyent_testlar_bot ga jo'nating.
Kod: 1009
Namuna 1C2A3D...15A

Boshlash 18:00
Test tugash 22:00



t.me/Dtm_tarixdan_testlar
857 views13:47
Ochish/sharhlash