Get Mystery Box with random crypto!

ESLATMA O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim | Tarix Fakulteti Yoshlari🧑‍🎓🧑🏼‍🎓

ESLATMA

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirining 2018-yil 9-avgustdagi 19-2018-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Oliy ta'lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to‘g‘risida”gi Nizomning 3-bob 28-bandiga ko'ra ya'ni Talaba uzrli sabablarsiz malakaviy amaliyotga qatnashmagan, shuningdek malakaviy amaliyot yakunlari bo'yicha “2” (qoniqarsiz) baho bilan baholangan xollarda, u akademik qarzdor xisoblanadi va kursdan qoldiriladi.

Semestr yakuni bo'yicha malakaviy amaliyot xujjatlarini topshirmagan talabalarga ham 2 baho qo'yiladi va kursda qoladi

Shuningdek, ushbu Nizomning 3-bob 25-bandiga muvofiq Fanlardan akademik qarzdorligi 4 ta va undan ko'p bo'lgan talabalarga qayta topshirishga ruxsat berilmaydi va ular oliy ta’lim muassasasi rektorining buyrug'i bilan kursdan qoldiriladi.
@tarixchilarXXIasr