Get Mystery Box with random crypto!

Bugun 15-iyun 2022-yil, chorshanba. BAYRAMLAR: Yosh t | TARIX

Bugun 15-iyun 2022-yil, chorshanba.

BAYRAMLAR:

Yosh tabiatshunoslar kuni
Xalqaro shamol kuni.
Xalqaro motosiklchilar kuni.

MILLIY:

Armaniston - Bayroq qabul qilingan kun.
 Ozarbayjon — Milliy mustaqillik kuni.
 Daniya — Qirol Valdemar II tug‘ilgan kun va Daniya bayrog‘i kuni.
 Kosta-Rika — Daraxt o‘tqazish kuni.
 Qirg‘iziston — O‘t o‘chirish xizmati xodimlari kuni.
 Koreya Respublikasi — Qishloq xo‘jaligi kuni.
 Yaponiya — Sanno-Matsuya festivali.

VOQEALAR:

313 - Vizantiya imperatori Konstantin e’tiqod erkinligini e’lon qildi.
1215 — Buyuk erkinlik xartiyasi imzolandi.
1389 - Kosovo maydonidagi jang.
1502 - Xristofor Kolumb Martinika orolini ochdi.
1616 - Kanadada hindular uchun birinchi maktab ochildi.
1667 — Jan-Batist Deni 15 yashar bolaga muvaffaqiyatli  qon qo‘ydi.
1752 - Benjamin Franklin varrak uchirish sinovi orqali chaqmoqning elektrik tabiatini isbot qildi.
1830 - Sevastopolda “Vabo isyoni”.
1869 - Jon Xayat selluloidni patentlashtirdi.
1907 - Gaaga konferensiyasi ish boshladi.
1920 - Estoniya Respublikasining konstitutsiyasi qabul qilindi.
1932 - Boliviya va Paragvay o‘rtasuda urush boshlandi.
1950 - G‘arbiy Germaniya Yevropa Kengashiga qabul qilindi.
1954 — UEFA tashkil topdi.
1970 — AQSHda Charls Manson ustidan sud boshlandi.
1985 — Rembrandtning  „Danaya“ kartinasi sulfat kislotasi bilan yuvib yuborildi.
1993 - Haydar Aliyev Ozarbayjon Oliy majlisi raisi etib saylandi. Shunday qilib 15-iyun, Ozarbayjon tarixida Milliy Mustaqillik kuni bo’lib qoldi. 
2001 — Xitoyning Shanxay shahrida 6 mamlakat rahbarlari Shanxay Hamkorlik Tashkilotini tuzish toʻgrisidagi deklaratsiyaga imzo chekdilar.
2002 - “2002 MN” deb nomlangan asteroid, yerga 121.000 kilometr masofadan uchib o’tdi. Bu masofa yer bilan oy o’rtasidagi masofaning uchdan bir bo’lagi hisoblanadi.

TAVALLUDLAR:

1479 - Liza Gerardini - florensiyalik ayol, da Vinchinig “Mono Liza” sida tasvirlangan deb taxmin qilinadi.
1881 - Pol Karnyu - fransuz mexanigi va aviatori, vertolyot yasashni boshlab bergan, havoga vertolyotda ko‘tarilgan birinchi odam.
1896 - Ivan Lixachyov - sovet davlat arbobi, SSSR da avtomobil sanoatining asoschilaridan biri.
1909 Ubay Orifovich Orifov -
O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, fizika-matematika fanlari doktori. 
1914 - Yuriy Andropov - sovet davlat va partiya arbobi, KPSS MQ Bosh kotibi(1982-1984).
1924 - Ezer Veysman - isroil harbiy va davlar arbobi, Isroil prezidenti (1993-2000).
1941 - Vyacheslav Koloskov - SSSR Futbol federatsiyasi raisi (1990-1991), RFF prezidenti (1992-2005).
1969 - Oliver Kan - nemis futbol darvozaboni, uch karra jahon va Yevropaning eng yaxshi davozaboni.
1992 - Muhammad Saloh - misrlik futbolchi, “Liverpul” klubining va Misr temasining hujumchisi.
https://t.me/tarixchilarchati
https://t.me/lidertarixchilarkanali