Get Mystery Box with random crypto!

Tarixchi_uz

Telegram kanalining logotibi tarixchi_uz — Tarixchi_uz T
Telegram kanalining logotibi tarixchi_uz — Tarixchi_uz
Kanal manzili: @tarixchi_uz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 177
Kanalning ta’rifi

Tarixni o‘rganing. Jamiyatdagi barcha muammolarning yechimi tarixda mavjud Biz ko‘rgan va yozayotgan ayanchli tarixga chuqurroq nazar solish insoniyatni urushlardan saqlab qoladi

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

2

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-07-13 08:11:12 XIV asrda bo'lgan voqealar.

XIV asr - Oltin Orda 4 ta ulusga bolinib ketdi;
XIV asr - qogozdan keng foydalanish kitob ishlab
chiqarishni yanada kopaytirdi;
XIV asr - Vladimir-Suzdal knyazligi va Moskva shahri Rus
yerlarining birlashuviga asos bo‘ladi;
XIV asrda - Fransiyada toifaviy monarxiya, ya’ni toifa
vakillari yig‘iniga tayanadigan, markazlashgan davlat
shakllana boshladi ;
XIV asrning boshlarida – Vladimir knyazligining Tver va
Moskva shaharlari rus yerlarining yangi markazlarisifatida yuksala boshlaydi;
XIV asrning birinchi yarmida - Oltin O‘rda davlati o‘z qudratining cho‘qqisiga erishadi;
XIV asr o’rtalari - Usmoniylarni sodiq yanicharlari shakllandi;
XIV asrning o‘rtasida - Oltin O‘rda ham siyosiy nizolar
davriga kirib u 20 yil davom etadi;
XIV asrning o‘rtalari – Moskva knyazlari kelib ancha kuch to‘playdi;
XIV asrning 70-yillarida – Ganza ittifoqi Shimoliy dengizda savdodagi raqobatchisi Daniya qiroliga jiddiy zarba beradi;
XIV asrning oxiri - Oltin O‘rdani To‘xtamishxon o‘n besh
yilga yana birlashtirgan;
XIV asr - Xitoyda paxtadan gazlama toqish rivojlandi;
XIV asr - Angliyada xalq ogzaki ijodining sevimli qahramoni Robin Gud paydo boldi;
XIV asr - Angliyada parlament soliqlar tayinlashdan
tashqari qonunlar ishlab chiqish va qabul qilishda qatnashish huquiqga ham ega boldi;
XIV asr -Angliya parlamenti lordlar va umumpalataga
bolindi;
XIV asr boshlari - Saljuqiylar davlati butunlay vayron
boldi;
XIV asr ortalari - Xitoyda mogullar qarshi xalq
ozodlik harakati boshlandi;
XIV asr ortalari - Germaniyada dastlabki savdo ittifoqlar tashkil etildi;
mamlakatda
XIV asrda – Hindistonda boshlangan siyosiy tarqoqlik
ayrim knyazlarning mustaqillikka intilish jarayoni kuchayishiga sabab bo’ldi;
XIV asr - Fransiyada markazlashgan davlat tuzildi;
XIV asr oxiri – feodal tarqoqlik, sulolaviy nizolar Malining zaiflashishiga sabab boldi;
XIV asr oxiri – Malining zaiflashishidan foydalangan
Almi, Mali qoshinlarini maglub etib, poytaxti Gao bolgan Songai davlatiga asos soldi;

XIV asrning birinchi yarmida Chig‘atoy ulusida mo‘g‘ullarning o‘troqlikka o‘tish jarayoni kuchayib, ularning ijtimoiy hayotida jiddiy o‘zgarishlar sodir bo‘la boshlaydi

Kanalimiz
@Tarixchi_uz
476 views05:11
Ochish/sharhlash
2022-07-10 20:03:34 ​​ 8-Sinf. Jahon tarixi.
Mukammal qoʻllanma.

Jaloliddin Rumiy
"Qalb koʻzingni och"

Piter Abraxams
"Qabrdagi gulchambar"

Tomas Mor(1478-1535)
"Utopiya" asari muallifi

Uilyam Shekspir(1564-1616)
"Inson tabiatning ajoyib mo'jizasi" deb hisoblardi.
Asarlari:
"Otello"
"Hamlet"
"Qirol Lir
"Rameo va Julyetta"

Migel de Servantes(1547-1616)
"Don Kixxot" asari muallifi.

Leonardo da Vinchi(1452-1519)
Rasm chizish san'atini "san'atlar malikasi" deb ataydi.
"Mona Liza"("Jokonda") asarining muallifi

Rafael Santi(1483-1520)
37 umr ko'rdi
"Sikstin madonnasi" asarining muallifi

Rembrandt(1606-1669)
"Adashgan o'g'ilning qaytishi" asarining muallifi

Mikelanjelo Buonarroti(1475-1564)
"David" haykalini yaratgan

Nikolay Kopernik(1473-1543)
30 yil davomida osmon jismlarini kuzatgan
Yer Quyosh atrofida va o'z o'qi atrofida aylanadi degan xulosaga keladi

Jordano Bruno(1548-1600)
olam abadiy mavjud,u hech qachon yo'q bo'lmaydi degan xulosani ilgari surgan
Olamning cheksizligi va abadiyligi haqidagi nazariyani ilgari surgan

Galileo Galiliey(1564-1642)
geliosentrlik nazariyasiga asos soladi
Yevropalik olimlar ichida Birinchi bo'lib osmon jismlarini teleskop yordamida kuzatdi.

Isaak Nyuton(1643-1727)
Mexanika va astronomiyaning nazariy asoslarini yaratdi.
Butun olam tortishish qonunini ishlab chiqdi
Ko'zguli teleskopni kashf qildi

Jonn Lokk(1632-1704)
Falsafaning rivojlanishiga katta hissa qo'shdi
Insonning tabiiy huquqlari: yashash,erkinlik va mulk huqulari haqidagi ta'limotni yaratdi
Hokimyatni bo'lish-ijro hokimyatini qonun chiqaruvchi hokimyatdan ajratish haqidagi ta'limotni ham yaratdi.

Daniyel Defo(1660-1731)
"Rabinzon Kruzoning hayoti va gʻaroyib sarguzashtlari" asarining muallifi.

Jonaton Svift (1667-1745)
"Inson siz oʻylagandan koʻra qadrliroqdir" deb yozgan.
Uning aql yolqini va qobiliyat kuchi Maʼrifat asrnini sónmas nur bilan yoritib turadi.
"Gulliverning sayohatlari" asari muallifi.

Iogann Volfgang Gyote (1749-1832)
Ong va yorugʻlik asrini ifodalaydigan qahramon izlab doktor Faust haqidagi qadimgi nemis afsonasini qayta yozdi.
Oz asarini 60 yil davomida yozib tugatdi.

Fransua Bushe(1703-1770)
"Qirolning birinchi tasvirchisi" hisoblanadi
Afsonaviy sahnalarning ajoyib ustasi
Uning real hayotdan cheksiz yiroqda boʻlgan suratlari aristokratlar saroyini bezagan.

Antuan Vatto(1684-1781)
Suratlari ancha chuqurroq maʼno kasb etgan. Chizgan suratlari eng nozik his tuygʻularni, qahramonlarning koʻz ilgʻamas kayfiyatini ifodalaydi.
Mashhur asarlari:
"Beparvo"
"Qiyin taklif"

Iogan Sebastyan Bax(1685h1750)
Hayot davrida mashhur emasdi,
Asarlari odamlarga oʻta jiddiy tuyulardi, cherkov esa Xudodan qoʻrqish ohanglari yetarli emasligi uchun uning musiqalarini yoqtirmas edi.
Xor, solistlari va orkestr uchun yozilgan ulkan asari-"Matto bayon etgan buyuk musibat"

Volfgang Amadey Motsart (1756-1791)
Avstriyaning qadimiy goʻzal shaharchasi Zalsburgda dunyoga kelgan.
Zamondoshlari uni oʻz davrining moʻjizasi deyishgan.
yoshdan musiqani oʻrgana boshladi.
yoshida oʻzining birinchi konsertini yozdi.
Yoshida yozgan operasining premyerasi Milan teatrida qoʻyildi.
Yoshida Italiyadagi eng obroʻli musiqa akademiyasining akademigi boʻldi.
Hayotining soʻnggi 10 yilini Venada oʻtkazdi.
Asarlari:
"Figaroning uylanishi" operasi
"Rekviyem" -motam kuyi, soʻngi asari.

Lyudvig van Betxoven (1770-1827)
Oʻzini buyuk kompozitor Motsartning vorisi deb hisoblagan.
22 yoshidan boshlab Venada yashagan.
Asarlari:
"Fantaziya yoʻlida sonata"("Oydin")-kompozitorning baxtsiz muhabbati haqidagi asar.
"Qahramonona" simfoniyasi esa XVIII asr oxirida Fransiyada yuz bergan inqilobiy voqealar bilan yoʻgʻrilgan.
Asar dastlab Bonapartga bagʻishlangan edi. U oʻzini imperator deb eʼlon qilganidan soʻng kompozitor asarini uning nomi bilan bogʻlamadi va "Qahramonnoma" degan yangi nom berdi.


Kanalimiz: @Tarixchi_uz
614 views17:03
Ochish/sharhlash
2022-07-10 06:30:49
Leonardo da Vinchi ambidekstr, ya’ni o‘ng va chap qo‘lda ham bir xil darajada yoza olish qobiliyatiga ega bo‘lgan. Aytishlaricha, u hatto bir vaqtning o‘zida ikkala qo‘li bilan turli xil matnlarda yoza olgan. Ammo u asarlarining ko‘pchilik qismini chap qo‘li yordamida o‘ngdan chapga qarab yozgan.

Kanalga kirish
@Tarixchi_uz
585 views03:30
Ochish/sharhlash
2022-06-26 08:47:46
Kreps qal'asi- Andijon shahrida joylashgan ushbu yodgorlik Qal’a nomi bilan mashhur. U Chor Rossiyasi harbiy qismi uchun mudofaa qo‘rg‘oni sifatida bunyod etilgan. Qal’aning 10 metrdan ortiq baland bo‘lgan devorlaridan Andijon shahrining har bir mahalla, ko‘chalari kaftdek ko‘rinib turgan va shu joydan turib isyonlarni bostirish imkoniyati bo‘lgan.Uning bir necha kazarma binolari, qurol-aslaha omborlari, oshxona, to‘pxonalardan iborat mudofaa qo‘rg‘oni bo‘lgan. Qal’ada chor Rossiyasi armiyasining Turkiston asosiy muntazam harakatdagi batalyoni 4-5-rotasiga tegishli 250 dan ziyod askari yashagan. Qal'aning zindonida mahbuslar saqlangan, qatlga hukm qilinganlarning jasadlari quduqqa tashlangan. Shu quduqdan 2 kamaz mashinada odam suyagi qoldiqlari topilgan"- deydi muzeyning mas'ul xodimlardan biri. Qal’a 130 yil davomida juda ko‘p tarixiy voqealar, jumladan, 1898-yil Dukchi Eshon boshchiligidagi Andijon qo‘zg‘olonining guvohidir.
Hozirda bu me'moriy yodgorlikdan muzey sifatida foydalanilmoqda.


@Tarixchi_uz
1.3K views05:47
Ochish/sharhlash