Get Mystery Box with random crypto!

Masonlik falsafiy-etik oqim boʻlib, XVIII asrda sirli xalqaro | Tarixchi_uz

Masonlik falsafiy-etik oqim boʻlib, XVIII asrda sirli xalqaro tashkilot oʻlaroq paydo boʻlgan. „Mason“ soʻzi inglizcha freemason soʻzidan olingan boʻlib, soʻzma-soʻz „erkin quruvchi usta“, deb oʻgiriladi. Chunki, tashkilotga quruvchilar tomonidan asos solingan. Bu quruvchilar Sulaymon ibodatxonasi qurilganda, birlashishgan. Hatto, tashkilot ramzida qurilishda ishlatiladigan sirkul va uchburchak chizgʻich tasvirlangan. Ularning ideologiyasiga koʻra, Xudo dunyoning meʼmori hamdir. Masonlik butun dunyo boʻyicha turli shakllarda mavjud boʻlib, uning aʼzolari tomonidan umumiy maʼnaviy va metafizik ideallarni boʻlishish bilan tavsiflanadi. Ulardan birinchisi oliy zotga ishonishdir. Masonlar oʻsha mavjudotga nisbatan „koinotning ulugʻ meʼmori“ atamasini ishlatishadi.

@Tarixchi_uz