Get Mystery Box with random crypto!

TARIX АUDIOKURS

Telegram kanalining logotibi tarixaudiokurs — TARIX АUDIOKURS T
Telegram kanalining logotibi tarixaudiokurs — TARIX АUDIOKURS
Kanal manzili: @tarixaudiokurs
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 5.92K
Kanalning ta’rifi

📕 Amaldagi barcha maktab darsliklarini audiodarsi bilan tinglaysiz.
👂 Tarixni quloqlar yordamida o'rganasiz.
⏰ Audiodarsni eshitish qo'shimcha vaqt talab qilmaydi
👤 Creator: @Fazliddin_Burxonov
🔢 Hamkor guruh: @Toshkent_tarix

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2022-08-29 15:13:50 #6sinf_tarix_darsligidan

12-MAVZU QISQA SATRLARDA.

OSSURIYA PODSHOLIGI HAQIDA MA‘LUMOTLAR:

Mill.avv. 2-ming yillikda Old Osiyo hududida yashagan xalqlarni birlashtirgan ilk davlatlar vujudga keldi. Ossuriya, Xett, Mitanni davlatlari va Finikiya shahar-davlatlari.

Ossuriyaliklar Frot va Dajla daryolari yuqori oqimidagi kichik hududni egallashgan.

Ossuriya podsholigining dastlabki poytaxti Oshshur, keyin Nineviya shahri bo‘lgan. Aholisi dehqonchilik va savdo-sotiq bilan shug‘ullangan.

Ossuriyaliklar jangari xalq bo‘lishgan.

Oshshurbanapal hukmronligi davrida Nineviyada Old Osiyodagi eng yirik sopol taxtachalardan iborat kutubxona jamlangan.

Mill.avv. 605-yilda Ossuriya davlati zaiflashadi. Bobil va Midiya tomonidan yo‘q qilib yuboriladi.

Do‘stlaringizga ulashing

@Tarixaudiokurs
870 viewsНилуфар Ахмадалиева, 12:13
Ochish/sharhlash
2022-08-29 04:32:02 Nomi: Yo Rab seni deb yig'layversam
Ijrochi: Fazliddin BURXONOV
Shoira: Mehrinoz ABBOSOVA
Bastakor: Asliddin IBROHIMOV
Markaz: QAQNUS-media



Xudoyim, bu yo'qlikda
Ko'nglimni yo'qlayversam.
Seni deb yig'layversam,
Seni deb yig'layversam.

Ko'z yoshlarim umrini
Cho'za olsa edim men.
Hislarimning suvratin
Chiza olsa edim men.

Bu hislarda na rang na
Shakl-u shamoyil bo'lgay.
Qullarning ko'zi doim
Yig'iga moyil bo'lgay.

Tuproq, yo'l bo'lmoq baxtdir,
Maysa, gul bo'lmoq baxtdir.
Barchasidan avlodir
Senga qul bo'lmoq baxti.

Umr bir nafasdurur,
Qachon firoqing basdurur?!
Nafs arsloni qamalgan
Dunyosi qafasdurur.

Qaqnus_nolasi


@Tarixaudiokurs
979 viewsFazliddin, edited  01:32
Ochish/sharhlash
2022-08-28 20:27:13
#hikmatim

Shu yo'llarda barchamizni sobit qadam etgin Robbim.
O'zgalar muammosini o'z muammomizdek ko'rish ne'matini bergin bizga!
O'rtamizdagi birodarlik xissini oshirgin.

@Tarixaudiokurs
988 viewsFazliddin Burxonov, edited  17:27
Ochish/sharhlash
2022-08-27 22:20:11 #samimiy_bezzvuk_xursandchilik

Tabriklar shogirdlar o'qishga kiribti

@Tarixaudiokurs
1.1K viewsFazliddin Burxonov, edited  19:20
Ochish/sharhlash
2022-08-25 20:55:06 #premyera

Nomi: JUMA MUBORAK
Ijrochi: Fazliddin BURXONOV
Markaz: Qaqnus-media
Studio: Asliddin IBROHIMOV

Sayyid ul-ayyom muborak bo'lsin


@Tarixaudiokurs
1.4K viewsFazliddin Burxonov, 17:55
Ochish/sharhlash
2022-08-25 16:29:01
Kanalga ATTESTATSIYA savollarini TO'LIQ jamlanmasini kutganlar bormi?
Anonymous Poll
90%
Ha, albatta adminjon
6%
Yo'q, kerakkinasi kam
4%
Menga farqash nes
311 voters1.4K viewsFazliddin Burxonov, 13:29
Ochish/sharhlash
2022-08-25 00:05:08
#hikmatim

Sen bilan munosabati yaxshi bo‘lgan insonlarga ehtiyojimiz bor, Allohim.

@Tarixaudiokurs
1.4K viewsFazliddin Burxonov, edited  21:05
Ochish/sharhlash
2022-08-24 17:08:38 https://openbudget.uz/boards/6/143942


Azizlar shu OPEN BUDJET loyihasida Navoiy viloyati 11-maktabga ovoz bervoraylik.

KANAL a'zolariga yordamim Attestatsiyada tushgan savollarni dtmidan saralab olingan testlar jamlanmasi orginal variantini kanalga yordam berganlarga beraman. Albatta bizda tekin

Ovoz berganlar skrin tashlab qo'yizlar komentariyaga imkon bo'lsa.

@Tarixaudiokurs
1.2K viewsFazliddin Burxonov, edited  14:08
Ochish/sharhlash
2022-08-24 16:51:38 #6sinf_tarix_darsligidan

12-MAVZU QISQA SATRLARDA (davomi).

YANGI BOBIL PODSHOLIGI HAQIDA:

Navuxodonosor II hukmronligi davrida Yangi Bobil podsholigi o‘z ravnaqining cho‘qqisiga erishdi.

Navuxodonosor II Misrni Yangi Bobil podsholigiga qo‘shib olgan. Iyerusalim (Quddus)ni vayron qiladi. Bobilni mustahkam qal‘aga aylantiradi.

Navuxodonosor II turar joy binolari va mudofaa devorlari qurilishida pishgan g‘ishtdan foydalanish to‘g‘risida farmon bergan.

Navuxodonosor II hukmronligi davrida Bobil shahrini sakkizta darvozasi bo‘lgan.

Iloha Ishtar nomidagi darvoza chiroyli va nafis bo‘lgan, afsonaviy hayvonlar tasviri tushirilgan koshin toshtaxtachalar bilan bezatilgan.

Mill.avv.539-yilda Bobilga forslar bostirib keladi. Yangi Bobil podsholigi Fors davlati tarkibiga kiradi.

BOBIL MADANIYATI HAQIDA:

Shumer va Akkad Bobil madaniyatining eng qadimiy o‘chog‘idir.

Shumer mixxati dastlab "suv", "quyosh" va boshqa alohida so‘zlarni anglatgan rasmlardan iborat bo‘lgan.

Hukmdor saroylari va ibodatxonalarda aslzodalar farzandlari ta‘lim olishi uchun maktablar tashkil etilgan.

O‘quvchilar nam loy taxtachalarga suyak va yog‘ochdan yasalgan tayoqchalar bilan yozganlar. Loy taxtachalar oftobda quritilib, xumdonlarda pishirilgan.

Loytaxtachalar ilk kitoblar bo‘lib o‘quvchilar asotir va rivoyatlarni ko‘chirib yozishgan, o‘simlik, qushlar, hayvon va qumursqalarni ro‘yhatini tuzganlar.

Shumerlar sanoq tizimi, quyosh, oy taqvimlarini yaratdilar. Quyosh yil davomiyligi 365 kun, oy davomiyligi 354 kun etib belgilangan.

Shumerlik va bobillik kohinlar - munajjimlar astronomiyaga oid bilimlarga ega bo‘lishgan.

Rasadxonalar ko‘p zinali ibodatxonalar - zikkuratlar tepalikdagi maydonchaga barpo etilgan.

Mesopotamiyada dori-darmonlar tayyorlash bo‘yicha dasturulamal tuzilgan.

Geografiya fanidan egallagan bilimlari kemalarda dengiz bo‘ylab suzishga imkon bergan.

Olam yaratilishi haqidagi eng qadimiy asotirlardan biri Mesopotamiyada yaratilgan.

Do‘stlaringizga ulashing

@Tarixaudiokurs
1.2K viewsНилуфар Ахмадалиева, edited  13:51
Ochish/sharhlash
2022-08-23 10:57:41 #6sinf_tarix_darsligidan

12-MAVZU QISQA SATRLARDA.

BOBIL - "XUDOLAR DARVOZASI" HAQIDA MA‘LUMOTLAR:

Mill.avv. II ming yillikda Bobil pidsholigi Mesopotamiya janubidagi eng qudratli davlatga aylandi.

Bobil Frot va Dajla daryolarining o‘zanlari bir-biriga yaqinlashib ketgan hududda joylashgan.

"Bobil" - "xudolar darvozasi" degan ma‘noni anglatadi.

Bobilning bosh ko‘chasi g‘alaba ilohasi Ishtar darvozasidan boshlangan.

Bobil davlatida dehqonchilik, hunarmandchilik va savdo rivojlangan.

Mill.avv. XVIII asrda Bobil podshosi Xammurapi butun Mesopotamiyani birlashtirgan.

XAMMURAPI QONUNLARI HAQIDA:

Xammurapi tarixda qonunlar tuzgan birinchi hukmdor.

Xammurapi qonunlari boy va kambag‘al tabaqa vakillari uchun teng bo‘lgan.

Qonun matnlari shaharlarda o‘rnatilgan tosh ustunlarga yozib qo‘yilgan.

Xammurapi qonunlari qat‘iyligi bilan kishilarni lol qoldirgan.

Shifokorlarning jarrohlik muolajasi natijasida bemor bevaqt vafot etsa, shifokorning qo‘llari kesib tashlanishi shart bo‘lgan.

Binokor qurgan uy to‘satdan qulab, biror kishinini bosib qolsa, binokor qatl etilishi qayd etilgan.

Yo‘ng‘in mahalida qo‘lga tushgan o‘g‘rini olovga otilishi shart bo‘lgan.

Xammurapi qonunlari xudolar xohish-irodasi sifatida talqin etilgan.

Xammurapi qonunlari talon-taroj va o‘g‘irlik kabi jinoyatlarni to‘xtatishda katta ahamiyatga ega bo‘lgan.

Kassitlar Xammurapi vafotidan keyin Bobilni bosib oladilar. Davlat inqirozga yuz tutadi.

Mill.avv.VII asrda Yangi Bobil podsholigi vujudga keladi. Bobil qayta yuksaladi.

Do‘stlaringizga ulashing

@Tarixaudiokurs
1.3K viewsНилуфар Ахмадалиева, 07:57
Ochish/sharhlash