Get Mystery Box with random crypto!

Qur’on va hadislarga asoslangan holda imomlarimiz o‘quvchini o | Tarix_Testlar_Kitoblar

Qur’on va hadislarga asoslangan holda imomlarimiz o‘quvchini o‘qituvchiga nisbatan muomalayu madaniyatni belgilab qo‘yishgan:


1) O‘qituvchiga birinchi bo‘lib salom ber.
2) O‘qituvchi oldida mavzuga oid bo‘lmagan ortiqcha gap so‘zlar gapirma.(Dars vaqtida)
3) O‘qituvchi suramagan narsalardan tilingni tiy.
4) Savol berishdan oldin ruxsat so‘ra.
5) O‘qituvchining gapiga yoki javobiga etiroz bildirma.
6) O‘qituvchi xatosini aytib, bilimdon ekanligini ko‘rsatma.
7) O‘qituvchi oldida yon sheriging bilan suhbatlashish juda xunukdir.
8) O‘qituvchisini hurmat qilgan o‘quvchi har tarafga qarab o‘tirishdan o‘zini tiyadi va diqqatini o‘qituvchisiga qaratadi.
9) Yurayotgan holatda savol berish hurmatsizlik hisoblanadi.
10) O‘qituvchi o‘rnidan turdimi, sen ham tur.
11) O‘qituvchi oldingda ekan, hech xam baland ohangda gapirma.
12) Iloji bo‘lsa o‘qituvchiga ism sharifi bilan emas, "Muallim" yoki "Ustoz" deb murojat qil.

Agar inson bilim yo‘lida ketayotgan ekan, Paygambarimiz Muhammad (s.a.v.) nuri tomon borayotgan ekan bu asosiy qoidalarga rioya qilishi joiz.
Bazida odob, hurmat qoidalariga bo‘ysinmay o‘qituvchisidan bilim olayotganlar ham bor.
To‘g‘ri, inson o‘qituvchisini oldida kitob o‘qishi, biror bir hunar o‘rganishi yoki fan bilimlarini olishi mumkin. Lekin ustoziga hurmat bo‘lmasa bu kabi bilimlar oddiy ma’lumotga aylanadi. Bunday bilimda baraka bo‘lmaydi.
Azozil ismli farishtani eslaylik. Hozir uning ismi Shayton. Bilimga ega, hattoki boshqa farishtalarga saboq bergan. Xo‘sh, shunday bilimlar to‘g‘ri yo‘ldan adashishidan Azozilni qutqarib qola oldimi? Yo‘q, chunki Allohni hurmat qilmadi, e’tiroz bildirdi. Yaratganing buyrug‘iga bo‘ysinmagan, mag‘rurligini namoyon qilgani uchun lanatlangan, haydalgan.
Hozirgi kunda, odamlarni yomon yo‘llarga yetaklayotgan, jamoatda qarama-qarshi qarashlar paydo qilayotgan, o‘zlari ham adashgan aqllilar mana qayoqdan paydo bo‘lgan. Bular ustoziga va boshqa olimlarga nisbatan odobni qo‘llamagan, hurmatni bilmagan, o‘z bilimlarini to‘g‘ri yo‘lga sola olmaganlardir.
Bunday xatoliklardan Alloh barchamizni saqlasin!



@Husanboy_Xoldorov