Get Mystery Box with random crypto!

XRONOLOGIYA III asrda – Xorazmda bir necha mayda hokimlik | TARIX QUIZ TESTLAR !!!

XRONOLOGIYA

III asrda – Xorazmda bir necha mayda hokimliklar mavjud bo’lgan.
III asr o’rtalarida–Xorazm davlatining poytaxti qadimgi Tuproqqal’a shahar xarobasining o’rnida bo’lgan

IV-X asrlarda – Xorazmda afrig’iylar hukmronlik qilgan.
IV asrning 70-yillaridan–V asrning 2-yarmigacha–O’rta Osiyoda xioniylar hukmronlik qilgan.

V asrda – Samarqand viloyati janubiy tumanlarining asosiy suv manbayi Darg’om kanali barpo etilgan.
V asrda – O’rta Osiyoda shishasozlik rivojlangan.
V asr boshlarida – Eftallar O’rta Osiyoga Sharqdan kirib kelganlar.
V asrning 20-yillarida – Xorazm va Amudaryo havzasiga ko’chmanchi chorvador aholi – toxarlar kirib kelgan.
V asrning 20-yillaridan–VI asrning 70-yillarigacha–O’rta Osiyoda Eftaliylar davlati faoliyat ko’rsatgan
V asrning o’rtalariga kelib–ziroatkor vohalardagi sug’oriladigan yerlarning asosiy qismi qishloq jamoalarining qaramog’ida edi.
V asrning 2-yarmi va VI asr boshlarida– Eftallar davlati O’rta Osiyo, Sharqiy Eron, Shimoliy Hindiston va Sharqiy Turkiston hududlarini o’z ichiga olgan.
V asr oxiri–VI asr boshlarida – Xorazm, So’g’diyona, Choch va Baqtriyaviloyatlaridabinolari bo’lgan alohida-alohida qo’rg’onlar yuzaga kelgan.
V-VI asrlarda – so’g’d, xorazm, fetal  yozuvlari tarqalgan.
V-VII asrlarda – dehqonchilik maydonlari kengayib, mahsulotning ortib borishi, hunar-mandchilik buyum va jihozlarga bo’lgan ehtiyoj, savdo-sotiqning avj olishi shaharlarning ravnaqiga ta’sir etdi.

VI asrda – Chirchiq, Zarafshon, Qashqadaryo va Amudaryo havzalarida o’ndan ortiq voha hokimlikari mavjud edi.
VI asr o’rtalarida – Turk xoqonligi vujudga keldi.
VI asrning 80-yillari oxirida – Turk xoqonligi ikkiga: Sharqiy Turk xoqonligi va G’arbiy Turk xoqonligiga bo’linib ketadi.
VI-VII asrlarda – O’rta Osiyoda zardushtiylik, buddaviylik, nasroniylik, moniylik, qam
(shomoniylik) kabi bir necha dinlar bo’lgan.
VI-VII asrlarda–Qarluqlar davlati Turk xoqonligi tarkibiga kirgan
VI-VII asrlarda–Varaxsha.Ganchkor Humo qushi.

VII asrning 1-choragida – G’arbiy Turk xoqonligi nihoyatda kuchaygan.
VII asrning birinchiyarmida – G’arbiy Turk xoqonligi bilan Xitoy o’rtasida iqtisodiy aloqalar faollashdi.
VII asrning dastlabki choragida–G’arbiy Turk xoqonligi hukmdorlik qarorgohini Choch viloyatiga ko’chiradi.
VII asr boshlarida–Arabistonda yagona e’tiqod asosida mamlakatni birlashtirish harakati boshlanadi.
VII asr - ChoCh tangasi.

VIII asrda–arab va ajam xalqlari O’rta Osiyoga kirib keladi.
VIII asrning boshlariga kelib – mamlakatimizda Arab xalifaligi o’rnatildi
VIII asr boshlarida–arablar Movarounnahr hududini to’liq bosib olishga kirishadilar.
VIII asr mobaynida–yirik dehqonlar qo’li ostidagi yer-mulklar yuqori arab harbiy mulk-doriga o’tishi ro’y beradi
VIII asrning 40-yillarida–xalifalikda toj-u taxt uchun kurash kuchaydi
VIII asr o’rtalarida – Yettisuv o’lkasida Qarluqlar davlati tashkil topdi. (poytaxti Suyob)
VIII asr oxiri–IX asr boshlarida–Arab xalifaligi og’ir siyosiy tanglikka uchraydi


IX asrdan–Buxoro “Qubbat ul-islom”  –  “Islom dinining gumbazi” nomi bilan shuhrat topadi
IX asrda –Movarounnahr mintaqasida yaxlit turkiy etnik qatlam, turkiy til muhiti vujudga kela boshlaydi
IX asrda–Bag’dodda “Bayt ul-hikma” tashkil etilgan
IX asrning oxirgi choragida-Movarounnahrning deyarli barcha viloyatlari somoniylar tasarrufiga o’tadi
IX asr oxiri–Xasr boshida–Sirdaryo havzasi va Orol dengizi bo’yida O’g’uzlar davlati tashkil topdi. (poytaxti Yangikent shahri)
IX-X asrlarda–Movarounnahr va Xorazm aholisining asosiu qismi sug’orma dehqonchilik bilan shug’ullanar edi
IX–X asrlarda Movarounnahr va Xurosonda chorvachilik yuksaldi
IX-X asrlarda–katta yer egalari kadivarlarni ishlatishdan ko’ra, o’z yerlarini qishloq jamoalarining kam yerli a’zolariga ijaraga berishni afzal ko’radilar.

@Tarix_quiz_testlar