Get Mystery Box with random crypto!

Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti IHT 1964-yilda Eron, Pokiston | TARIX QUIZ TESTLAR !!!

Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti

IHT 1964-yilda Eron, Pokiston va Turkiya tomonidan "Mintaqaviy Hamkorlikni Rivojlantirish" nomi bilan tuzilgan. Keyin 70-yillarda ichki mintaqaviy savdo susayib ketgani uchun oʻz faoliyatini toʻxtatgan. 1985-yilda "Iqtisodiy Hamkorlik Tashkiloti" nomi bilan qaytadan oʻz faoliyatini boshladi. 1992-yilning 28-noyabrida Pokiston poytaxti Islomobod shahrida aʼzo davlatlar Tashqi Ishlar Vazirlari kengashining favqulodda yigʻlishida Afgʻoniston, Ozarbayjon, Tojikiston, Turkmaniston, Oʻzbekiston, Qirgʻiziston va Qozogʻiston davlatlari IHTga aʼzo boʻldilar. Tashkilotning asosiy maqsadlari: tashkilotga aʼzo boʻlgan davlatlar oʻrtasida iqtisodiy aloqalarni, shu jumladan, savdo-sotiqni kengaytirish, har bir aʼzo davlatda iqtisodiy oʻsish va aholining turmush darajasini koʻtarish uchun shart-sharoitlar yaratish, aʼzo davlatlarning maʼnaviy va madaniy aloqalarini kuchaytirish va boshqa maqsadlarni koʻzda tutadi.

Aʼzo davlatlar:

 Afgʻoniston
 Eron
 Ozarbayjon
 Pokiston
 Qirgʻiziston
 Qozogʻiston
 Tojikiston
 Turkiya
 Turkmaniston
 Oʻzbekiston 

Tarixdan olgan bilimlaringizni biz bilan mustahkamlab boring


https://t.me/Tarix_quiz_testlar