Get Mystery Box with random crypto!

​​​​Shayboniyxon haqida 10 fakt 1. Shayboniyxon (1451-1510) - | Tarix

​​​​Shayboniyxon haqida 10 fakt

1. Shayboniyxon (1451-1510) - Chingizxonning o'g'li Jo'jining avlodi. Abulxayrxonning nabirasi.

2. Buxorada ta'lim olgan. Zamonasining ilmli kishisi. Islomni chuqur bilganini uning raqibi Bobur ham tan olib, yozib qoldirgan.

3. Otasi o'limidan so'ng Qorachabek tarbiya qilgan. Keyinroq Buxoroga borgan. Qo'shin tuzib, mahalliy hukmdorlarga ichki nizolar uchun kurashda yordam bo'lgan va shu davrda harbiy mahoratini ham oshirgan. Bu urushlar unga Temuriylarning zaif nuqtlarini aniqlashga yordam bergan.

4. 1487-1488-yillarda O'tror, Turkiston, Sayramni egallagan egallab, Movorunnahrni egallash uchun o'ziga tayanch nuqta tayyorlagan.

5. 1497-yil Samarqandga qarshi yurish qilib egallay olmagan. 1500-yilda Sulton Ali Mirzoning onasi tomonidan Samarqandga chaqirilib, uni jangsiz egallagan va Sulton Alini qatl qilgan.

6. 1501-yilda Bobur bilan hal qiluvchi jangda g'olib bo'lib, sulh tuzadi va Bobur unga binoan Movorounnahrni tark etadi.

7. 1504-yil Husayin Boyqaro hukmronligidagi Xorazmni 10 oylik qamalini boshladi va 10 oydan so'ng Urganchni egalladi.

8. 1506-yil Balxni, 1507-yil Xuroson poytaxti Hirotni egalladi va yirik markazlashgan davlat asoschisiga aylandi. Musulmonlar homiysi bo'lgan Shayboniyxonga shu davrdan "Xalifa ur-Rahmon" (Allohning yerdagi xalifasi), "Imom uz-zamon" (Zamonasining imomi) unvonlari berilgan.

9. Movorounnahr, Xorazm va Xurosonni birlashtirib, Temuriylar qila olmagan ishni uddasidan chiqdi va O'rta Osiyoda Temuriylar hukmronligiga barham berib, ularni tarix sahnasidan yo'q qilib yubordi.

10. 1510-yilda qo'shinni katta qismini Samarqandga qaytarib yuborgan, urushdan qaytayotgan Shayboniyxon Marv yaqinida azaliy dushmani Ismoil Safaviy bilan yuzma-yuz kelib qoladi. Charchagan va kam sonli Shayboniyxon qo'shinlari yengiladi. Halok bo'lgan Shayboniyxonning bosh suyagidan Ismoil Safaviy o'ziga may uchun qadah yasatgan.

@Tarix_Ismoilov_Maqsudbek