Get Mystery Box with random crypto!

#Qabul_2022_2023 #Muhim ABITURIYENTLAR VA OTA-ONALAR DIQQATI | Тарих | Расмий канал

#Qabul_2022_2023
#Muhim

ABITURIYENTLAR VA OTA-ONALAR DIQQATIGA

2022-2023 oʻquv yili uchun abituriyentlar hujjatlarini qabul qilish 20-iyundan 20-iyulgacha faqatgina onlayn tarzda amalga oshiriladi.

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali https://my.gov.uz (toʻgʻridan-toʻgʻri roʻyxatga olishga oʻtish uchun havola – https://my.gov.uz/oz/students-admission);

Davlat test markazining rasmiy web-sayti – www.dtm.uz orqali (toʻgʻridan-toʻgʻri roʻyxatga olishga oʻtish uchun havola – http://my.dtm.uz) roʻyxatga olinadi.

Abituriyentlarni onlayn roʻyxatdan oʻtkazishlari uchun oliy oʻquv yurtiga borilmaydi.

Fuqarolar quyidagi telefon raqamlari orqali Andijon davlat universitetining murojaatlar markazi “Call-center” bilan bogʻlanib, oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javob olishlari mumkin.

Murojaat uchun telefon:

+998742248187

Oʻzbek tilidagi murojaatlar uchun:

+998742248189
+998742248197
+998742248194
+998742248196

Rus tilidagi murojaatlar uchun:

+998742248192

“Call-center”ning ish rejimi:

Dushanbadan shanbagacha – soat 9:00 dan 18:00 gacha;

Tushlik – soat 13:00 dan 14:00 gacha.

Andijon davlat universiteti axborot xizmati

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube