Get Mystery Box with random crypto!

TARIXIY SHAXSLAR. Amir Temur Ko’ragoniy (1336-1405). Davlat | Tarixdan darslar

TARIXIY SHAXSLAR.

Amir Temur Ko’ragoniy (1336-1405). Davlat arbobi, sarkarda, Temur davlati va sulolasining asoschisi. U 1370 yilda Movaunnaxr amiri deb e’lon qilindi. 35 yillik hukmronligi davrida ko’plab g’olibona harbiy yurish qilib tarixdagi eng yirik davlatlardan birini tuzdi.

Najmiddin Kubro (1145-1221). Taniqli faylasuf olimlarning bergan manbalariga ko’ra «Najmiddin» so’zi dinning yulduzi, «Kubro» esa ulug’ degan ma’noni ifodalaydi.

Jaloliddin Manguberdi (1231 yilda vafot etgan).
Jaloliddin voyaga yetgach 1215 yilda G’azna viloyatiga Hokim etib tayinlanadi. Manguberdi 1221 yilda G’azna viloyatini mug’ullardan ozod etadi. 1222 yilda Chingizxon qo’shini Bilan shiddatli jang bo’ladi.

Abu Abdulloh Muhammad Buxoriy (810-870).
Buxoroda tug’ilgan. Hadis va tavsir olimi, tarixchi, o’ta qobiliyatli va kuchli xotiraga ega bo’lgan. 10 yoshidan hadislarni o’rgana boshlagan va butun umrini hadis ilmiga bag’ishlagan. Misr, Iroq, Xuroson, va boshqa o’lkalarda yashab, 600000 dan ortiq hadis to’plagan. Ko’plab asarlar muallifi.

Abu Rayhon Beruniy (973-1048). Qomusiy olim, mutaffakkir. 16 yoshidan astronomik kuzatishlar olib borgan. Xorazmdagi Ma’mun akademiyasi rahbarlaridan biridir. Dunyoda birinchi bo’lib globus yaratgan.

Al Xorazmiy (783-850).
Xorazmda tug’ilib, voyaga yetgan buyuk mutaffakkir, matematika, astronomiya, geografiya fanlariga kata hissa qo’shgan daho olim.

Ahmad al Farg’oniy (taxmin. 798-865).
Аstronomiya, geografiya fanlariga ulkan hissa qo’shgan. Al Farg’oniy asarlarining qo’lyozma nusxalari Germaniya, Angliya, Fransiya, Eron, Hindiston, Misr kutubxonalarida saqlanmoqda.

Muhammadsharif So’fizoda (1869-1926).
1869 yil Namangan viloyati Chust tumanida kosib oilasida dunyoga keldi. 1893-1898 yillarda Qo’qonda yashab hajviy aarlar yaratdi. O’z asarlarida o’sha zamon hokimlarini tanqid qiladi. Tanqidga qarshi ular hujum boshlaydilar. Amaldorlar uni dahriylikda ayblab qatl etishga hukm chiqaradilar. U yurtidan chiqib ketib, 14 yil turli mamlakatlarda yashaydi. 1926 yilda vafot etadi.

@Tarix_dtm_testlar_uz
@DTM_Kirish_ballari_uz