Get Mystery Box with random crypto!

6-SINF YANGI NASHR 1. Qaysi davr aholisi hunarmandchilik, | 🏛 Tarixdan Qoʻllanmalar (Majburiy blok)

6-SINF YANGI NASHR

1. Qaysi davr aholisi hunarmandchilik, to‘quvchilik, kulolchilik, zargarlik va binokorlikda katta yutuqlarni qo‘lga kiritgan?
J: Bronza davri

2. Temirdan birinchi bo‘lib Kichik Osiyodagi xettlar qachondan foydalana boshlagan?
J: mil. avv. ХIV–XIII asrlarda

3. Temirdan yasalgan ilk mehnat qurollari O‘rta Osiyoda qaysi davrga oid?
J: Mil. avv. IX–VIII asrlar

4. Temirdan dastlab bezak buyumlari tayyorlangan. Shunday bezaklar qayerdan topilgan?
J: Misr fir’avni Tutanxamon maqbarasidan

5. Mehnat qurollarining temirdan yasalishi, eng avvalo, nimaning rivojiga ta’sir ko‘rsatgan?
J: dehqonchilik

6. Temir asri boshlarida O‘rta Osiyoda aholi turli guruhlarga bo‘lindi. Bular qaysilar?
J: kohinlar, jangchilar, chorvadorlar, dehqonlar va hunarmandlar

7. O‘rta Osiyoda jamiyatning asosini tashkil etgan katta patriarxal oila bo‘lganini qaysi manbadan bilamiz?
J: “Avesto”

8. Bir necha patriarxal oilalar nimani tashkil etgan?
J: hududiy qo‘shnichilik jamoasini

9. Nil daryosi Afrikaning qaysi qismida sivilizatsiya vujudga kelishi uchun zamin yaratgan?
J: shimoli-sharqida

10. Nil … ming kilometr uzunlikdagi to‘lib oqadigan katta daryodir. Daryoning quyi qismi … km dan … kilometrgacha kenglikdagi qora tuproqli serhosil dalalardan iborat.
J: 6 / 3 / 22

11. Odamlar qachon Nil daryosi qirg‘oqlaridagi yerlarni o‘zlashtirishga bel bog‘laganlar?
J: Mil. avv. 4-mingyillik boshlarida

12. Misrliklar qanday ekin ekkanlar?
J: bug‘doy va arpa

13. Misrliklar nima uchun qoramollarni daladan haydab o‘tishgan?
J: urug‘likni yerga singdirish uchun

14. Qadimgi Misr hunarmandlarining qancha kasb-korlari bo‘lgan?
J: 30 dan ziyod

@tarix200