Get Mystery Box with random crypto!

Tarixdan qiziq hikoyalar

Telegram kanalining logotibi tarix099 — Tarixdan qiziq hikoyalar T
Telegram kanalining logotibi tarix099 — Tarixdan qiziq hikoyalar
Kanal manzili: @tarix099
Toifalar: Telegram
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 72
Kanalning ta’rifi

Tarixiy faktlar🤓
Tarixiy kitoblar📗
Afarizmlar😎
Eng muhimi faktlar asosli dalillar orqali yoritiladi📘

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2022-07-19 11:38:02
Qaysi hukmdor haqida yozaylik ?
Anonymous Poll
22%
Karl Buyuk
50%
Nasrulloxon
6%
Ismoil Safaviy
22%
Shoh Abbos
18 voters63 views08:38
Ochish/sharhlash
2022-07-18 18:00:35
Borodino jangidan so'ng Kutuzov boshchiligidagi rus armiyasi Moskvani 1812-yil tashlab chiqadilar va shaharni Napaleon boshchiligidagi Fransiya Imperiyasi armiyasi egallaydi. Biroq qo'shinda tartib yo'qolib talonchilik boshlanadi. Tunda esa shaharga o't ketadi shu sababli Fransuzlar shaharni tashlab ketadilar
68 views15:00
Ochish/sharhlash
2022-07-18 18:00:35
1584 yilda Ivan IV va 1589 yilda uning o'g'li Fyodor vafotidan keyin Ruriklar sulolasi uzildi. Bundan hokimiyat uchun o'zaro kurashgan boyarlar foydalandilar. 1604 yilda Polsha qo'shinlari Rossiyaga bostirib kirdilar. Polshaning Rossiyaga aralashuvi - Polshaning harbiy ekspansiyasi yer olish va rus davlatchiligini tugatish maqsadida amalga oshirildi. Rossiyadagi "Muammolar vaqti" davrida Polsha armiyasi 1609 yil kuzida Smolenskka qarshi yurish boshladi. Ayni vaqtda S.Jolknevskiy otryadi Smolensk atrofida Moskvaga koʻchib oʻtdi. Moskva 1609-yil egallandi. 1610-yilda u Vasiliy Shuyskiy rus-shved qoʻshinini, soʻng Soxta Dmitriy II rus-polyak armiyasini magʻlub etdi. Boyar hukumati Polsha qiroli Sigismund III ning oʻgʻli Vladislavni rus podshosi etib sayladi. Faqat 1611 yilning yozida Smolenskni egallab, Sigismund armiyasi Vyazmaga ko'chib o'tdi. Ammo bu vaqtga kelib Kozma Minin va Dmitriy Pojarskiyning xalq militsiyasi polyaklarni Moskvadan quvib chiqarishdi.
@tarix099
59 views15:00
Ochish/sharhlash
2022-07-18 07:59:11
Moskvani qaysi davlatlar egallay olgan ?
Anonymous Poll
15%
Germaniya, Shvetsiya
63%
Fransiya, Polsha
22%
Daniya, Prussiya
27 voters69 views04:59
Ochish/sharhlash
2022-07-17 20:00:27
Dunyo tarixida birinchi bo'lib muhandislik qismlari ya'ni injenerlik qismlari Ossuriyaliklar tomonidan tuzilgan.
Bu qismlar qal'alarni qamal qilishda qo'llanadigan qurollarni olib yurish va yasash , yo'l qurish va mudofaa inshootlarini yasash edi
@tarix099
78 views17:00
Ochish/sharhlash
2022-07-16 07:45:37 Bolqon davlatlarini egallab zafar ustiga zafar qozongan Boyazid Yildrimni kuchayib ketayotganidan xavotirga tushgan Amir Temurni shonli hikoyasidir bu jang.Ikki qudratli qo'shin 1402-yilda Anqaraning Chubaqabod degan joyida to'qnashib kelishadi. Natijada o'rta asrlar tarixining eng qonli janglaridan biri sodir bo'ladi, oqibatda 50 ming askar halok bo'ladi. Usmoniylar qo'shining o'ng qanotida serb knyazi Stefan 20 ming kishilik farangliklar bilan, chap qanotda esa Sulaymon Chalabi Rum askarlari bilan saf tortadi, Boyazid esa qo'shin markazida qolib, o'g'lilari Muso, Iso va Mustafolarni qo'shin orqasiga joylashtiradi. Sohibqiron qo'shinning markaziga bevosita o'zi rahbarlik qilib, qo'shinning chap tomoniga Shohruh Mirzo va Xalil sultonni, o'ng tomoniga esa Mironshoh Mirzoni joylashtiradi. Hindistondan keltirilgan zirhli jangovor fellarni qo'shinning oldiga joylashtiradi. Jangdan oldin Temur safiga o'tgan bazi Onadulu bekliklaridan tashkil topgan qo'shinlar xam Mironshoh qo'l ostida jangga kiradi. 1402-yil 28 iyul kuni saharda ikki qo'shib jang maydonini egallashadi.Sulton Boyazid doimgidek HILOL taktikasini qo'llab, qo'shinning oldi qatordagi piyodalarga jangga kirishga amir beradi.Shu tariqa jang boshlandi. Amir Temur bunga qarshi kamonchilarni ishga soladi, dushman ustiga o'q yog'diradi.Piyodalar katta talofatga uchrab ortga chekinishga majbur bo'ladi. Taktikasi ish bermaganini ko'rgan Boyazid yanicharlar va sipohilarni oldinga tashlaydi Amir Temur bunga qarshi bir biriga zanjirlar bilan bog'langan fellar bilan zarba beradi. Shundan so'ng Temur Mironshohni Sulaymon Chalabi ustiga yuboradi va shu tariqa yanicharlarga kumak kelishini oldi olinadi. Usmoniylar o'z tarixida ilk bor jangovor fellarga duch kelishi edi, fellar yanicharlarning o'q otishi natijasida bartaraf etiladi, ammo ular juda ko'p talofat ko'radi. Boyazid qo'shinda paydo bo'lgan sarosimani payqagan Temur bercha sarkardalariga hujumga o'tish buyrug'ini beradi. Shiddatli to'qnashuv uzoq va keskin davom etadi. Nihoyat Temur qo'shining qisuviga bardoshi qolmagan Boyazid askarlari chekinishni boshlaydi. Temurning oldida hech qanday tusiq qolmagan edi uning maqsadi Boyazidni tirik holda asrga olish edi. 10 soat davom etgan urush natijasida Boyazid asr tushishi Usmoniylar davlatining imperatorlik darajasiga ko'tarilishi va Istanbul shahrini fatx etilishini 50 yil ortga surilishiga, Onadulu bekliklarini qaytadan tiklanishiga, Usmoniylarning zaiflashishiga 11 yillik hukumdorlik bushlig'ini kelib chiqishiga sabab bo'ladi.

@tarix099
98 views04:45
Ochish/sharhlash
2022-07-15 06:08:53
Sizni ko'proq qaysi davr tarixi qiziqtiradi ?
Anonymous Poll
35%
Qadimgi dunyo tarixi
48%
O'rta Asrlar
9%
Yangi davr
9%
Eng yangi davr
23 voters87 views03:08
Ochish/sharhlash
2022-07-14 05:07:17 Bugun 14-iyul 2022-yil, payshanba.

BAYRAMLAR:

Xalqaro nobinar odamlar kuni.
Qorag'at (smorodina) kuni.
Xaos va tartibsizlik kuni.

MILLIY BAYRAMLAR:

 Iroq - inqilob kuni.
Fransiya - Bastiliya ishg‘ol etilgan kun.
Shvetsiya - Valiahd malika Viktoriya tug'ilgan kuni.
Janubiy Osetiya - Tinchlikparvarlar kuni.

VOQEALAR:

- 1099 - Salib yurishlari:  Quddus egallandi.
- 1789 - Bastiliya qal'asi Parij isyonchilari tomonidan egallab olindi. Bu Buyuk Fransiya inqilobining boshlanishi edi.
- 1860 - Rossiya Davlat banki tashkil etildi.
- 1867 - Alfred Nobel  dinamitni  namoyish qildi.
- 1896 - Birinchi rus avtomobili chiqdi.
- 1902 - Venetsiyada Mark cherkovi qulab tushdi.
- 1905 - Oklahoma hindulari Sekvoya hindular shtati tuzilganini e'lon qilishdi (AQSh Kongressi uni tan olishni rad etdi).
- 1941 - Katyusha qurilmasining birinchi qo'llanishi.
- 1952 - Amerikaning General Motors kompaniyasi dunyodagi birinchi bo‘lib avtomobillarga konditsionerlarni o'rnatishni boshlaganligini e'lon qildi.
- 1958 - Iroqda inqilob (14-iyul inqilobi). Monarxiyaning ag'darilishi va Qosimning hokimiyat tepasiga ko'tarilishi.
- 1967 - Butunjahon intellektual mulk tashkilotini tuzish to'g'risidagi konvensiya imzolandi.
- 1969 - Salvador va Gonduras  oʻrtasida futbol urushi.
- 1976 - Kanadada o'lim jazosi bekor qilindi.
- 1990 - Gorbachyov va Ivashkodan tashqari, KPSS Markaziy Qo'mitasining Siyosiy byurosi tarkibi to‘liq o'zgartirildi.
- 1993 - Tatariston Respublikasining madhiyasi tasdiqlandi.
- 2015 - "Yangi ufqlar" XAS Pluton yaqinida uchib o‘td, minimal masofa uning markazidan 13691 km uzoqlikda edi.
- 2016 - IShID terrorchisi boshqargan yuk mashinasi Nitsa shahrida olomonni bosib o‘tdi.

TAVALLUDLAR:

- 1454 - Anjelo Poliziano (1494) - italiyalik shoir va dramaturg, gumanist.
- 1602 - Julio Mazarini (1661) - cherkov va siyosat arbobi, Fransiyaning birinchi ministri (1643-1651 va 1653-1661).
- 1743 - Gabriel Derjavin (1816) - rus davlat arbobi va shoiri, klassika namoyandasi.
- 1800 - Jan Dyuma (1884) - fransuz kimyogari, organik kimyoning asoschisi.
- 1816 - Jozef de Gobino (1882) - fransuz yozuvchisi, sotsiolog, irqchilik nazariyasining asoschisi.
- 1913 - Jerald Ford (2006) - AQShning 38-prezidenti (1974-77). 
- 1918 - Jey Forrester (2016) - amerikalik muhandis, birinchi kompyuterlarning yaratuvchisi.
- 1921 - Jefri Uilkinson (1996) - ingliz kimyogari, Nobel mukofoti sohibi (1973).
- 1928 - Saʼdulla Karomatov (1987) - jurnalist, yozuvchi. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi (1978).
1928 - Nodar Dumbadze (1984) - gruzin sovet yozuvchisi.
- 1933 - Nusrat Abdullayev - patofiziolog, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1989).
- 1939 - Oʻtkir Sultonov (2015) - Oʻzbekiston Respublikasi davlat arbobi, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri (1995-2003).
- 1942 - Xaver Solana - ispaniyalik fizik va siyosatchi, 1995-1999-yillarda NATO Bosh kotibi.
- 1945 - Shiv Nadar - hindistonlik yirik sanoatchi va xayriyachi
- 1952 - Muhammadali Abduqunduzov - aktyor, O‘zbekiston (1997) va Qoraqalpog‘iston (2000) Respublikalari xalq artisti. 
- 1960 - Polina Dashkova (Tatyana Polyachenko) - rus yozuvchisi.
- 1987 - Sara Kannning - kanadalik kino aktrisasi.
- 1988 - Konor MakGregor - irlandiyalik aralash yakkakurashchi, sobiq UFC chempioni.
https://t.me/tarix099
91 views02:07
Ochish/sharhlash
2022-07-13 21:44:45
Gavgamel jangi (mil. avv. 331-yil). Iss jangida mag‘lub bolganidan
keyingi yillar davomida Doro III armiyasiga askarlami ehtiyotkorlik bilan tanladi. Yangi armiyaning otliq qo‘shini ayniqsa kuchli edi. Lekin piyoda
askarlaming oldingi qatori kuchsiz edi. Doro III Gavgamel jangida qollagan rejasi bo'yicha otliq qo‘shinlar Aleksandr qo‘shinlarini olib qolishga umid qildi. Doroning ehtiyotkorlik bilan qilgan tadbirlariga
qaramasdan Gavgamel jangi natijasi ham Issga o‘xshash bo‘ldi. Jangda Aleksandr otliq qo‘shini Fors armiyasining markaziga hujum qildi. Doro
III jang maydonini tark etdi va Eronning sharqi tomon qochadi. Aleksandr Doro III ni asirga ololmagan boisa-da, Fors imperiyasining markazini
egalladi. Doro III ning omon qolgan askarlari Aleksandmi Osiyoning shohi deb
olqishlashdi. Aleksandr Bobil, Suza va Persepolni egalladi.
Bular Aleksandr uchun berilgan uch ulkan in’om bo‘ldi. Aleksandr
Bobilga mil. aw. 331-yil oktabr oyi o‘rtalarida tantana bilan kirib keldi.
72 viewsedited  18:44
Ochish/sharhlash
2022-07-12 15:16:30
Ertaga qaysi mavzuda yozaylik
Anonymous Poll
29%
Iss jangi
14%
Granik jangi
57%
Gavgamella jangi
14 voters81 views12:16
Ochish/sharhlash