Get Mystery Box with random crypto!

Napoleon I, Napoleon Bonapart (1769.15.8, Ayachcho shahri, Kor | Tarixdan qiziq hikoyalar

Napoleon I, Napoleon Bonapart (1769.15.8, Ayachcho shahri, Korsika o. — 1821.5.5, Muqaddas Yelena o.) — fransuz davlat arbobi va sarkardasi, Fransiya Respublikasining birinchi konsuli (1799—1804), Fransiya imperatori (1804—14 va 1815). 10 yoshida Fransiyaning Oten kollejiga kirgan, soʻng oʻsha 1779-yilda Briyenn harbiy oʻquv yurtiga koʻchirilgan. 1784-yil mazkur oʻquv yurtini muvaffaqiyatli tamomlab, Parij harbiy maktabiga (1784—85) oʻtgan. 1785-yil podporuchik unvonida armiya xizmatini boshlagan. Maxsus, umumiy ilmiy, falsafiy, siyosiy, badi-iy adabiyotni oʻqib oʻrgangan. Ilgʻor fransuz maʼrifatparvarlari ruhida tarbiyalangan H.I 1789-yil Buyuk fransuz inqilobini iliq kutib olgan. 1792-yil Yakobinchilar klubiga aʼzo boʻlgan. U Parij shahri garnizoni qoʻmondoni va 1796-yilda Italiyada harakat qilayotgan fransuz armiyasining bosh qoʻmondoni etib tayinlangan. Italiya kompaniyasida N.B. oʻzini buyuk sarkarda ekanligini na-moyon qilgan. Gʻolib sifatida Parijga kirib kelgan.
https://t.me/tarix099