Get Mystery Box with random crypto!

Oʻzbek ulusi — Dashti Qipchoqning sharqiy qismi (Janubiy Gʻarb | Tarixdan qiziq hikoyalar

Oʻzbek ulusi — Dashti Qipchoqning sharqiy qismi (Janubiy Gʻarbiy Sibir)da Abulxayrxon asos solgan (1428) davlat va uning aholisi
Oʻzbek etnonimining kelib chiqishi toʻgʻrisida bir nechta tahminlar mavjud. Shaxsiy ism sifatida oʻzbek soʻzining birinchi eslatilishi XII asrga toʻgʻri keladi. Oʻzbek soʻzi Turkiy qabilalari orasida Movarounnahrda XIII asr moʻgʻullar kelguniga qadar paydo boʻlgan.
XII asr arab tarixchisi Usama ibn Munqiz „Taʼlim kitobida“ Saljuqiylar davrida 1115-1116-yildagi yoʻlboshlovchilaridan biri amir Oʻzbek degan Mosul hukmdori boʻlganligini taʼkidlaydi .
1221-yilda Afgʻonistondagi Xorazmshoh Jalol ad-din Manguberdi qoʻshinlarining etakchilaridan biri Jahon Paxlavon Oʻzbek Tayi edi. 
Tarixchi Mutal Ermatov oʻzbek soʻzi „Oʻzlar“ urugʻi nomidan kelib chiqqan deb taxmin qilgan
Tarix fanlari doktori, professor R. G. Mukminova oʻzbeklarning etnik ismini Oʻzbek xon nomi bilan bogʻlashga qarshi qoʻshimcha dalillar keltirgan.
https://t.me/tarix099