Get Mystery Box with random crypto!

Nasrulloh (Nasrulla, Nasrullaxon, Amir Nasrulloh, Amir Sayyid | Tarixdan qiziq hikoyalar

Nasrulloh (Nasrulla, Nasrullaxon, Amir Nasrulloh, Amir Sayyid Nasrulloh, Amir Sayyid Nasrulloh Bahodirxon) (1806-yil 1-iyun, Buxoro, Buxoro amirligi — 1860-yil 21-sentabr, Buxoro, Buxoro amirligi) — Buxoro amirligi hukmdori (1827—1860). Davlat arbobi va sarkarda. Mangʻitlar oʻzbek sulolasining 7-hukmdori va ushbu sulolaning 5-amiri. Qarshi viloyatining hokimi boʻlgan (1821—1826/1827).
U taxtga 2 akasidan so'ng o'tirgan edi va qattiqqo'l siyosati tufayli "qassob amir" nomini olgan.
U 1826-1856-yillar davomida Kitob va Shaxrisabzni bo'ysundurdi.
1842-yil Qo'qon xonligini bosib oldi biroq shu yilning o'zidayoq bu yerlarda qo'zg'olon bo'lib bu yerlarni qo'ldan chiqardi. 1843-yilda esa Xiva bilan Marv uchun kurashdi va Marv 1845-yilgacha Amirlik tarkibida qoldi. 1843-yil ya'na Qo'qon bilan Xo'jand va O'ratepa uchun ham kurash olib bordi.
Uning davrida Amirlik muntazam qo'shinga ega bo'ldi va davlat kuch-qudrati oshirildi.
https://t.me/tarix099