Get Mystery Box with random crypto!

Targ'ibotchi

Telegram kanalining logotibi targibotchi_ijodkor — Targ'ibotchi T
Telegram kanalining logotibi targibotchi_ijodkor — Targ'ibotchi
Kanal manzili: @targibotchi_ijodkor
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 800
Kanalning ta’rifi

Ушбу каналда Ижодий-маданий масалалар бўйича тарғиботчилар томонидан амалга оширилаётган ишлар жойланади.
шунингдек, тарғиботчи фаолиятига оид ҳужжатлар жойлаб борилади!
Ижодий ишларни юбориш ва саволлар йўллаш учун @targibot_admin

Ratings & Reviews

2.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2022-08-24 16:38:26
Diqqat Diqqat Diqqat

“Targ‘ibotchi" elektron jurnalining 2022-2023 o‘quv yili uchun qabul boshlandi

Endi Sizda o‘zingiz va o‘quvchilaringiz ijodini respublika bo‘yicha targ‘ib qilishingiz mumkin.

Jurnal mavzulari 3 xil yo‘nalishda bo‘ladi.
1) O‘quvchi va targ‘botchilarning o‘z ijodidan hikoyalar.
2) O‘quvchi va targ‘botchilarning sherlari.
3) Ijodkorlarning maqolalari
.

Qo‘shimcha ravishda 2-3 ta eng yaxshi rasmlar maktab faoliyati bo‘limida joylanadi.

Ushbu jurnalga ijodiy ishlar 2022-yil 5-20-sentabr kunlar qabul qilinadi.

Yuborilgan ishlarning mazmunan boy bo‘lganlari ko‘rib chiqilib eng yaxshilari jurnalga yoritiladi

Ijodiy ishlarni qabul qilish tartibi:
lotin alifbosida bo‘lishi;
Hikoyalar va maqolalar A4 formatda;
sherlar A4 formatda.

Eslatma: imloviy xatolari mavjud va mazmunan sayyoz bo‘lgan ishlar qabul qilinmaydi.

KANALIMIZ: @targibotchi_ijodkor
2.9K views13:38
Ochish/sharhlash
2022-08-23 20:33:28 Эй, қаламжон...

Гўзал тонгим кутаяпман очиб қучоғ,
Беғуборсан, ҳарирингда сузар кўнглим.
Ёлғонларни ёқмоғимга қурдим ўчоғ,
Шабнамингга тўйиб,тўйиб ювай қўлим.

Асал тонгим, бошгинангда рўмолингга,
Ибо ила эркалашинг ярашади.
Борлиқ ҳавас қилар, ойдек жамолингга,
Аммо кимлар ҳасад ила қарашади.

Эй қаламжон, барисига яраб бергин,
Кўзин очиб келаётир булоғим ҳам.
Оллоҳимдан биргина нур сўраб бергин,
Даркор эмас тунлардаги тароғим ҳам...

Шоираи Жаҳон.
688 views17:33
Ochish/sharhlash
2022-08-23 09:03:39
BAXTIYOR QIZIMAN O‘ZBEKISTONNING

Yuragimda oydan-oydin orzular,
Ko‘zimda umidlar porlar ishonchim.
Labimda sho‘x-shodon tiniq kulgular,
Qalbimda Yurtboshim Vatan ishonchim.

Qo‘limda qalamim yozmoqlikka shay,
Yurtim har go‘shasi, go‘zal obodlik.
Bag‘ringda baxtiyor shod-hurram yashay,
Mustaqillik bor bo‘l, bor bo‘l Ozodlik.

To‘maris momolar ruhi yor bo‘lgay,
Shiroq, Oybarchinlar qoni bor tanda.
Inson qadri ulug‘, hamisha yurtda,
Inson qadri aziz O‘zbekistonda!

Ota-onam qo‘llar,o‘qi qizim deb,
Shundan she'rlarimda so‘zlar marjoni.
Baxtiyor qiziman O‘zbekistonning
Jajji shoirangman, qizing Durdona.

Namangan viloyati Pop tumani 23-maktab oʻquvchisi Rahimjonova Durdona.
776 views06:03
Ochish/sharhlash
2022-08-10 17:40:26
Бу қулоқчинлар Сизга устоз ёки душман бўлиши мумкин! Ҳар ким қалбида нимани олиб юрса шунга эришади!

https://t.me/aminsayyor
1.1K views14:40
Ochish/sharhlash
2022-08-04 07:56:50 QUYOSHNING MEHRI

Olamni ilitar quyoshning mehri,
Chamanlarda yashnab ochiladi gul.
Ko‘zni qamashtirar kamalak sehri,
Yoz olamni yashnatar butkul.

Go‘zallik tovlanar rango-rang bo‘lib,
Nafis ninachining nozik patida.
Yurtim bog‘larida rizq-u ro‘z unar ,
Mehribon quyoshning haroratidan...

Dilshoda RAHMATJONOVA
Pop tumanidagi 23-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabining 6-"B" sinf o‘quvchisi.
1.5K views04:56
Ochish/sharhlash
2022-07-25 09:06:24
#Kitobxonlik_festivali
#Respublika_bolalar_kutubxonasi

Navoiy viloyatida “Kitobxonlik festivali” o‘tkaziladi

Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika bolalar kutubxonasi tomonidan yoshlar o‘rtasida kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish maqsadida “Kitobxonlik festivali” tashkil etib kelinmoqda.

Bugungi kunga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Samarqand, Sirdaryo, Buxoro, Namangan va Xorazm viloyatlarida kitobxonlik festivali ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.

Navbatdagi “Kitobxonlik festivali” 2022-yil 29-iyul kuni Navoiy viloyatida o‘tkaziladi. Tadbir doirasida kitoblar yarmarkasi, ma’naviy-ma’rifiy kecha, teatr tomoshalari tashkil etiladi. Shuningdek, kitobxonlik haftaligi doirasida o‘tkazilgan tanlov va tadbirlarda faol qatnashgan ishtirokchilar tantanali ravishda taqdirlanadilar.

Barchani kitobxonlik festivaliga taklif qilamiz!!!

Respublika bolalar kutubxonasi Axborot xizmati

Telegram|You tube|Facebook|Instagram|Web site
1.5K views06:06
Ochish/sharhlash
2022-07-25 07:29:15 Boringizga shukur dadasi

Uyimizga kelgan farishta,
Yelkangizga asta qo'nadi.
Shunday ekan, barakamizsiz,
Boringizga shukur dadasi!

Qadamingiz tovushi kelib,
Ayvondagi qaldirg'och qarar.
Biladi qush, siz baxtimizsiz,
Boringizga shukur dadasi!

Savlatingiz ko'rinib birdan,
Daraxt nazar soladi zimdan.
Shivirlaydi, tinchligimissiz,
Boringizga shukur dadasi!

Risqimizni terib ko'chadan,
Kelishingiz bilar dasturxon.
U ham aytar, rizq-ro'zimizsiz,
Boringizga shukur dadasi!

Oilangiz o'tsa ko'chadan,
Hurmat qilar kattayu, qari.
Bilishadi, g'ururimizsiz,
Boringizga shukur dadasi.

Hovlichada o'ynar farzandlar,
Yuguradi sizni quchoqlab.
Aytishadi, shodligimizsiz,
Boringizga shukr dadasi!

Ayb qilib qo'ysa kelinlar,
Sizni intiq kutar mo'ltirab.
Axir bizning qalqonimizsiz,
Boringizga shukur dadasi!

O'quv yurtda o'g'il-qizingiz,
Otam bor deb kerilib yurar.
Ishonamiz, umidimizsiz,
Boringizga shukur dadasi!

Kuyovjonlar qoqilib ketsa,
Qo'llaridan keskin tutasiz.
Ishonchimiz, tirgagimizsiz
Boringizga shukur dadasi!

Tillaringiz boli tomadi,
Quloqlarim ostida hardam.
Sevganimsiz, qadrdonimsiz,
Boringizga shukur dadasi!

Madina G'afurova
Jurnalist, Sariosiyo tumani 1- maktab targ'ibotchisi.
1.4K views04:29
Ochish/sharhlash
2022-07-22 21:18:09
#seminar_trening
#mahorat_saboqlari

joriy yilning 22-iyul kuni Chilonzor tumani "Barkamol avlod" bolalar maktabida Xalq ta'limi vazirligi Madaniyat vazirligi va O'zbekiston Badiy akademiyasi bilan hamkorlikda Toshkent shahar "Barkamol avlod" bolalar maktablarining "Madaniyat va san'at" yo'nalishi bo'yicha uslubchilar va to'garak rahbarlari uchun seminar-trening o'tkazildi.

Seminar-trening jarayonida bolalar bilan ishlash va ularni to'garaklarga qiziqtirish bo'yicha Madaniyat vazirligi va O'zbekiston Badiy akademiyasi tomonidan jalb qilingan tajribali mutaxassislar tushunchalar berishdi.

Seminar-trening yakunida "Barkamol avlod" bolalar maktablari uslubchilari va to'garak rahbarlariga mahorat-saboqlari tashkil etildi!

https://t.me/besh_tashabbusuyimizda

Telegram | Instagram | Facebook
1.0K views18:18
Ochish/sharhlash
2022-07-06 10:54:30
#Respublika_bolalar_kutubxonasi_OAV_nigohida

Respublika bolalar kutubxonasi Axborot xizmati

Telegram|You tube|Facebook|Instagram|Web site
318 views07:54
Ochish/sharhlash
2022-07-05 14:45:01
Халқ таълими вазирлиги ҳузуридаги “Баркамол авлод” республика болалар мактабининг “Замин” болалар фольклор ансамбли аъзолари Испаниянинг Калеля шаҳрида бўлиб ўтган “GRAND CALELLA FOLK" номли халқаро фестивалда иштирок этишибди.


@xushnudbek
437 views11:45
Ochish/sharhlash