Get Mystery Box with random crypto!

OSON SAVOB ISHLAR! 1. Masjidga bitta kursi qoʻyib qoʻying. Un | Targ‘ib.uz | Тарғиб.уз Яндама масжиди| Yandama masjidi

OSON SAVOB ISHLAR!

1. Masjidga bitta kursi qoʻyib qoʻying. Unda namoz oʻqigan insonning ajrini olasiz!

2. Xonangizning derazasiga qushlar uchun bir idishga suv, boshqasiga don - dun solib qoʻying!

3. Qishning avvalida, oʻzingizning ehtiyojingiz tushmaydigan issiq kiyimlarni olib, sovuqda ishlaydigan, muhtoj ishchilarga bering!

4. Xonangizga quticha qoʻying. Har gunoh qilganingizda unga maʼlum miqdor jarima puli soling. Har oyning oxirida uni ochib, sadaqa qiling!

5. Issiq kunlarda oʻzingiz bilan muzdek suv ovoling! Quyosh ostida ishlayotganlarga berib oʻting!

6. Masjidga musʼhaf qoʻying! Uni oʻqiganning savobidan bahramand boʻling!

7. Ichgan suvingizdan oshib qolsa, yerga toʻkmasdan, biror oʻsimlik ostiga toʻking!

8. Tabassum qiling, salom bering, chiroyli gapiring... bular - sadaqa.

9. Uxlashdan oldin, sizni gʻiybat, chaqimchiliq, zulm bilan yomonlik qilganni kechiring.

10. Janozaga ergashing!

11. Masjidning tozaligi, xushboʻy boʻlishiga oz boʻlsa - da hissangizni qoʻshing!

12. Yurgan yoʻlingizda zikr bilan mashgʻul boʻling!

13. Buni boshqalarga ham joʼnating va savobu ajrga ega boling!

@Targib_uz