Get Mystery Box with random crypto!

💥ТARBIYACHI MTT. 💥

Telegram kanalining logotibi tarbiyachi_mtt — 💥ТARBIYACHI MTT. 💥 Т
Telegram kanalining logotibi tarbiyachi_mtt — 💥ТARBIYACHI MTT. 💥
Kanal manzili: @tarbiyachi_mtt
Toifalar: Avtomobillar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 52.01K
Kanalning ta’rifi

👫 МТТ ходимлари учун махсус канал
📚 Иш хужжатлар
🎗 Кўргазмалар
🖐 Қўл мехнати
🎞 Тадбирлардан лавхалар
✍️ Мақоллар, шеърлар, хикоя ва ривоятлар
🎼 Тадбирлар учун қўшиқ ва клиплар
Реклама учун👇
@Sharipovnaman

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 191

2022-09-27 17:07:46 Do‘stlik sinovda chiniqar


Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, bir ku ni barg bilan kesak do‘st bo‘lishibdi. Ular bir-biridan ajralmaslikka ahd qilishibdi va og‘ir kunlarda bir-birlariga yordam berishga va’dalashibdi.
Ular ahil yashay boshlabdilar.
Kunlardan bir kun qattiq shamol turibdi.
Shamolning g‘uvillashidan qo‘rqib ketgan barg kesakka nolish qilib yig‘labdi. Shunda kesak:
— Hyech qo‘rqmagin, men seni bu balodan qutqaraman, — deb bargni pana qilib to‘sibdi.
Shamol qanchalik kuchli bo‘lmasin, bargni uchirib keta olmabdi. Bu ahvolni ko‘rgan shamolning achchig‘i kelib, yomg‘irni yuboribdi. Bu bilan u kesakdan o‘ch olmoqchi bo‘libdi. Lekin yomg‘ir ham bularni qo‘rqita olmabdi.
Yomg‘irning yog‘ishini ko‘rgan kesak bargga nolish qilibdi. O‘zini yomg‘irdan qutqarishini so‘rabdi. Shunda barg bir sakrab kesakni pana qila boshlabdi. Qanchalik ko‘p sel yog‘masin, kesakni qo‘rqita olmabdi. Yomg‘ir tingach, kesak bilan barg quchoqlashib ko‘rishibdilar. Ular o‘zlarining mehr-oqibatlaridan xursand bo‘lib, yanada inoqlashib ketibdilar.
2.7K viewsedited  14:07
Ochish/sharhlash
2022-09-27 17:07:46 DO'STLIK - ULUG' BAXT
Qirg'iz xalq ertagi
Bir vaqtlar dunyoda donishmand bir chol o'tgan ekan. Uning yetti o'g'li
bor ekan. Lekin ular otasining so'ziga kirmas ekanlar va har biri o'zicha ish tutar ekan. Kattalari kichkinalarini do'pposlasa, kichiklari kattalariga ish buyurarkan.
Odamlar ulardan kulib, aqlli cholning o'g'illari ahmoq bo'lyapti deb hisoblab, ko'pincha ularni yolg'iz uchratishsa, tutib urisharkan.
Kunlardan bir kuni chol o'rmonga borib, to'qqizta baquwat-baquwat tayoqni qirqib kelibdi. U o'g'illarini to'plabdi va ularga shunday debdi:
— Bolalarim, men sizlarning kuchlaringizni sinab ko'rmoqchiman. Mana bu to'qqizta tayoqni bir qilib sindirib ko'ringlar-chi.
O'g'illari navbat bilan sindirishga
urinib ko'rishibdi, lekin hech qaysisi
uddasidan chiqolmabdi.
Hammasi charchaganidan so'ng,
otasi tayoqni o'g'illariga bittadan bera boshlabdi.
O'g'illari bittadan tayoqni olib, ularni qiynalmay sindirib tashlabdi.
Shunda chol o'g'illarini atrofiga o'tqazib, shunday debdi:
— Men sizlarning kelgusi hayotlaringizdan qo'rqyapman, agar sizlar ahil yashasanglar, unda hech qanday dushman sizlar uchun qo'rqinchli emas. Bitta
tayoqni osongina sindirdingiz, ammo hammasini bir yo'la sindira olmadingiz.
Chol oradan sal o'tmay dunyodan o'tibdi. O'g'illari esa inoq yashay boshlabdilar. Kichiklari kattalarining so'ziga quloq soladigan, hammalari ishlab, bir-birlariga ko'maklashadigan bo'lishibdi.
Shundan beri qirg'iz xalqi og'zida: "Do'stlik — ulug' baxt" degan naql bor
ekan.
2.8K viewsedited  14:07
Ochish/sharhlash
2022-09-27 17:07:46
San'at markazi
Mavzu:,,Kuzgi daraxt,,
Karmana tuman 8-MTT tarbiyachisi Xasanova Nilufar.


''Yosh tarbiyachilarga tavsihalar''rukni!
2.7K viewsedited  14:07
Ochish/sharhlash
2022-09-27 17:07:46
San'at markazi
Mavzu:,,Kuz daraxti,,
Karmana tuman 8-MTT tarbiyachisi Sultonova Gulnoz

''Yosh tarbiyachilarga tavsiyalar''rukni!
2.7K viewsedited  14:07
Ochish/sharhlash
2022-09-27 17:07:46
Syujetli-rolli va drammalash markazi
Mavzu:,,Do'stlik,,ertagi
Karmana tumani 8-MTT tarbiyachisi Xasanova Nilufar.

''Yosh tarbiyachilarga tavsiyalar''rukni!
2.7K viewsedited  14:07
Ochish/sharhlash
2022-09-27 17:07:45
San'at markazi
Mavzu:Origami usulida ,,Parrak yasash,,
Karmana tuman 8-MTT tarbiyachisi Sultonova Gulnoz.

''Yosh tarbiyachilarga tavsiyalar''rukni!
2.9K viewsedited  14:07
Ochish/sharhlash
2022-09-27 17:07:45
San'at markazi
Mavzu:,,Likopchada Do'stim uchun sovg'a,,
Karmana tuman 8-MTT tarbiyachisi Sultonova Gulnoz
Yordamchi tarbiyachi Rajabova Gulnoza

''Yosh tarbiyachilarga tavsiyalar''rukni!
3.3K viewsedited  14:07
Ochish/sharhlash
2022-09-27 17:07:45
Fan va tabiat markazi
Mavzu:,,Hidlaymiz,ta'tib ko'ramiz,ushlaymiz va tinglaymiz,,
Karmana tuman 8-MTT tarbiyachisi Xasanova Nilufar.

''Yosh tarbiyachilar uchun tavsiyalar''rukni.
3.9K viewsedited  14:07
Ochish/sharhlash
2022-09-25 15:47:32 Assalomu alaykum!!

Kichik guruhi (3-4 yosh)

Sentyabr oyining
4-haftasi taʼlim-tarbiyaviy faoliyat

REJALASHTIRISHI!!!

Sentyabr oyi mavzusi:
"OʻZBEKISTON- MENING VATANIM"

Sentyabr oyining 4-hafta mavzusi:
"MEN VA MENING DOʻSTLARIM"


Qurish- yasash va matematika markazi mavzusi:
"DOʻSTLARIM UCHUN ZINACHA"
Resurslar: Qurilish bloklari, lego.

Syujetli-rolli oʻyinlar va sahnalashtirish markazi mavzusi:
"KELING BIRGA OʻYNAYLIK"
oʻyinini sahnalashtirish.
Resurslar: Niqoblar, kiyimlar, jihozlar.


Til va nutq markazi mavzusi:
"DOʻSTING UCHUN SOVGʻA TOP" mavzusida taʼlimiy oʻyini
Resurslar: Syujetli rasmlar, AKT


Fan va tabiat markazi mavzusi:
"TOʻTIQUSH BILAN TANISHTIRISH"

Resurslar: suv va rasmlar.

Sanʼat markazi mavzusi:
"RANGLI KUBIKLAR" mavzusida rasm chizish.
(Bu kungi faoliyatlarni uyda onajonlar yordamida bajaramiz)
Barcha faoliyatlar davomida oʻz bolajoningizni ragʻbatlantirishni unutmang!!


https://t.me/Tarbiyachi_MTT
5.2K viewsedited  12:47
Ochish/sharhlash
2022-09-25 09:36:36 FARZAND TARBIYASI

Tarbiya borasidagi eng sara ma'lumotlar, psixologlar fikrlari, ota-onalarga tavsiyalar aynan shu kanalda.



https://t.me/farzand_tarbiyasida
3.9K views06:36
Ochish/sharhlash