Get Mystery Box with random crypto!

#38_ishtirokchi #uygonish Nurli yuzing vasfidan nurafshon b | Taraqqiyot Yoshlari Forumi

#38_ishtirokchi
#uygonish

Nurli yuzing vasfidan
nurafshon bog' ravzasi
Yor seni sevishimga
kelur Qaysning havasi

Sen uchun yaralganman
yashaydurman sen uchun
Sen xotirdan ketganda
holim yomon chamasi

O'zdan ko'p o'ylab seni
tunni o'tkazay bedor
Isming aytishim asli
bu yurakning ta'masi

Hayol qushi uchar-u
makon topmay qiynalar
Bemakonlik ko'ngilning
Unga qilgan ta'nasi

Ko'ngil g'ash tortar har dam
bebosh yurak dastidan
U dunyoni unutgan
Unga farqsiz hammasi

Tor kelar unga jism
ishqning dardi tutganda
U samoni hoxlaydur
kerakmasdur tanasi

Bu jon seni izlaydur
axyon, giryon bo'zlaydur
Ishqin pinhon so'zlaydur
bu ishq jonning panasi

Esanboyeva Umida Esanboyevna
Xorazm viloyati Gurlan tumani
11-sinf oʻquvchisi


Kanalimizga ulaning:
@samarqand_ijodkorlar_kengashi