Get Mystery Box with random crypto!

Menga nisbatan nohaqlik qilganlarni, zulm qilganlarni, qalbimn | 𝓺𝓸𝓵𝓫 1𝓲𝔂🍃

Menga nisbatan nohaqlik qilganlarni, zulm qilganlarni, qalbimni sindirganlarni, behuda umid berganlarni, ishonchimni poymol qilganlarni, yarim yo‘lda tashlab ketganlarni, mendan o‘z manfaati uchun foydalanganlarni qarg‘amadim, qarg‘amayman!
Hech kimga og‘ir kunlarni, bedor tunlarni, ko‘z yoshidan jiqqa xo‘l bo‘lgan yostiqlarni, umidsiz tonglarni, jarohatlardan lattasi chiqib ketgan yurakni ravo ko‘rmayman, tilamayman.
Chunki bularning barini yengib o‘tish qanchalik mashaqqatli ekanini bilaman. Shunchaki Allohdan o‘zimga bu og‘riqlarni unuttiradigan, o‘rnini bosadigan baxt va saodat so‘rayman. U g‘oyibidan shunchalik ulkan saodat yuborsinki, chekkan azoblarimga mingdan ming rozi bo‘lay, bularning hech biri bejiz emasligini anglab yetay, ilohiy adolatning kuchiga butun vujudim bilan ishonay va yaxshi insonlar hali ham dunyoda borligiga shohid bo‘lay.
Tangrim, menga butun umrimga yetadigan baxt, barcha qayg‘ularimni unuttiradigan shodlik yubor..
qalb



Yoqsa bitta like