Get Mystery Box with random crypto!

Taqdir bitiklari | Shahzod Ergashaliyev blogi

Telegram kanalining logotibi taqdir_bitiklari — Taqdir bitiklari | Shahzod Ergashaliyev blogi T
Telegram kanalining logotibi taqdir_bitiklari — Taqdir bitiklari | Shahzod Ergashaliyev blogi
Kanal manzili: @taqdir_bitiklari
Toifalar: Iltimoslar , Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 4.31K
Kanalning ta’rifi

Kanal sotiladi!
📩Aloqa: @Shahzodbek_Ergashaliyev
⚙Kanalga 2018-yil 4-oktabrda asos solingan

Ratings & Reviews

1.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

3


Oxirgi xabar 5

2021-02-10 04:30:00
— Gapir, — dedi kuyov.
— O‘zi gapirsin, — dedi qayliq.
— Sen gapir.
— O‘zi gapirsin-da.
— Nimani gapirayin?
— O‘zimizning oqshomlardan gapirsin, qirdagi bug‘doy o‘rimidan gapirsin...
— Sen gapir, qirdan qaytib, zardolilar ostida oyoq ilganimizni, men senga zardoli terib berganimni.
— O‘zi gapirsin, qo‘llari zardoli shoxlarida bo‘lsa-da, ko‘zlari menda ekanini.
— Sen gapir, shamolda ro‘moling uchib ketgani, men ushlab kelganimni.
— O‘zi gapirsin, ro‘molga uzatgan bilagimdan mahkam ushlaganini, yig‘layman desam-da, qo‘yib yubormaganini.
Sukunat, toshday sukunat.
Kuyov-qayliq xayolan ko‘rdi: zardolilar ostiga tap-tap tushdi. Ko‘rshapalaklar pir-pir uchdi.
Kuyov-qayliq xayolan eshitdi: yoz chigirtkalari chir-chir etdi. Boyo‘g‘li uzib-uzib ovoz berdi.
— Yo‘q, sen gapir, qo‘llaringni ushlaganimni uyalmay-netmay yangangga aytganingni.
— O‘zi gapirsin, aytdim, deya aldasam-da, yangamdan qochib yurganini.
— Aytmaganing chinmi?
— Chin.


Tog‘ay Murod "Oydinda yurgan odamlar"

@Taqdir_bitiklari – didimiz bir!..
6.6K views01:30
Ochish/sharhlash
2021-02-09 19:30:00
KETMAS BOYLIK

Menda bir so’m bor. Sizda ham bir so’m bor...
Men sizga o’zimning pulimni berdim.
Siz ham menga o’zingizning pulingizni berdingiz…
Hech nima o’zgarmadi. Sizda ham bir so’m pul qoldi, menda ham...
...Menda yangi bir fikr bor. Sizda ham yangi fikr bor...
Men sizga yangi fikrimni aytdim. Siz ham menga yangi fikringizni aytdingiz…
Sizda ham ikkita fikr paydo bo’ldi, menda ham…
Esli odam pul almashmaydi. Fikr almashadi.

Oʻtkir Hoshimov


@Taqdir_bitiklari – didimiz bir!..
5.8K views16:30
Ochish/sharhlash
2021-02-09 16:39:37 Siz badiiy kitoblarni qanchalik tez o‘qib turasiz?

– Oyda bir-ikki marta o‘qiyman
– Ko‘p emas, lekin o‘qiyman.
– Har kuni o‘qiyman
– Qiziqmayman

@Taqdir_bitiklari – didimiz bir!..
5.3K views13:39
Ochish/sharhlash
2021-02-09 08:58:56
Mugʻombir dushman sizni bor-yoʻgʻi xavfga qoʻyishi mumkin, lekin batamom halok boʻlishingiz uchun ovsar doʻst kerak!

Mark Tven, “Ovsar Vilson”


@Taqdir_bitiklari – didimiz bir!..
6.8K views05:58
Ochish/sharhlash
2021-02-09 00:31:38
Navoiyning haqiqatda buyuk shoirligiga shubha bilan qaraganlar uning ijodiga tegishli mazkur misralarni chapdan oʻngga, xohlasa tepadan pastga qarata oʻqib koʻrsin.

Agar Navoiy hayot bo‘lganda bugun 580 yoshda bo‘lardi...


@Taqdir_bitiklari – didimiz bir!..
7.5K views21:31
Ochish/sharhlash
2021-02-08 18:01:15
Dunyoda hadiksirab yashashdan ortiq azob yo'q ekan. Go'yo boshingda birov qilich ko'tarib turgandek, sen bo'lsang har lahzada o'sha qilich bo'yningga tushishini kutayotgandek. Bora-bora shunaqangi joningdan to'yib ketasan-ki, qilich taningni boshingdan tezroq judo qilishiga orzumand bo'lib qolasan. Nima bo'lgandayam, hadik azobidan qutulsam, bir cho'qib, atrofga ming alanglagan qarg'adek ayanchli ahvoldan xalos bo'lsam deysan.

O‘tkir Hoshimov "Ikki eshik orasi"

@Taqdir_bitiklari – didimiz bir!..
6.5K views15:01
Ochish/sharhlash