Dastlab idishga 3 dona tuxumni chaqib solamiz. Unga shakar solib, venchik bilan yaxshilab aralashtiramiz. Soʻngra sut va toza oʻsimlik yogʻi quyib, venchik bilan aralashtiramiz. Endi alohida idishga kakao, un va razrixlitel solib, aralashtiramiz. Aralashmamizni elakdan oʻtkazib asosiy massamizga qoʻshamiz va venchik bilan yana aralashtiramiz. Massamizni qolipga joylab, duxovkada 180°C da pishirib olamiz. Endi propitka tayyorlaymiz. Kofe va shakarni aralashtirib, pirog ustidan quyamiz. Glazuri uchun qaymoq va eritilgan shokoladni aralashtiramiz. Glazur tayyor. Pirogimizda teshikchalar qilib, glazurimizni ustidan quyamiz. Ust qismini xohishga qarab bezatishingiz mumkin