Get Mystery Box with random crypto!

SINMAYDIGAN SHOKOLADLI RULET KOFELI KREM BILAN Kerakli ma | X

SINMAYDIGAN SHOKOLADLI RULET KOFELI KREM BILAN

Kerakli masalliqlar:

4 ta tuxum kattaroq
5 osh qoshiq shakar
5 osh qoshiq un
2 osh qoshiq jo'xori kraxmali
1 choy qoshiq qabartma
50 ml qaynoq sut

Kremi uchun:

400 gr qaymoq
5 osh qoshiq shakar upasi
2 osh qoshiq achchiq damlangan kofe (sovutib qo'shiladi)
Chimdim vanilin yoki essensiya 2-3 tomchi

Tayyorlanishi:

Tuxum oqi+ sarig'i va shakar oppoq bo'lgunicha ko'pirtiriladi. Un, kakao, kraxmal, qabartmani elab solib sekin aralashtiramiz. Keyin qaynoq sut qo'shib aralashtiramiz va listga quyib, 170 gradusda 15-20 daqiqa atrofida pishirib olamiz. Pishgach strech paket yopib sovutamiz.
Kremi: Qaymoq+ shakar upasi+kofe+ essensiyani mikserlaymiz.
Biskivitga surib rulet shaklida o'raymiz. 2 soat muzlatgichga qo'yamiz. Ustiga 100 gr shokolad + 4 osh qoshiq qaymoq eritib quyamiz. Hohishga ko'ra yasatamiz.




Yaqinlarizga xam ulashing

Telegram kanalimiz

https://t.me/TAOMLAR_SALATLAR_TORTLAR