Get Mystery Box with random crypto!

AJOYIB KARTOSHKALIK QIYMALIK TAOM. ISHTAHANGIZNI BIR OCHAY. | TAOMLAR 2023

AJOYIB KARTOSHKALIK QIYMALIK TAOM. ISHTAHANGIZNI BIR OCHAY.

Kerakli masalliqlar:
5 ta kartoshka
 2 ta tuxum
 2,5 osh qoshiq un
  tuz
 1 osh qoshiq smetana
Nachinkasiga:
200 g qiyma go'sht
 1 ta piyoz
 3-4 osh qoshiq manniy yormasi
 1 ta tuxum
 2-3 osh qoshiq smetana
 1-2 ta pomidor
 Ozgina ko'k piyoz
Tayyorlanishi:
Kartoshkalarni qirg'ichdan o'tkazib suvini siqamiz. Tuxum, tuz va unni qo'shib aralashtiramiz. Qizib turgan yog'ga ozroq kartoshkali nachinkadan solib yumoloq qilib yoyib ikki tarafini qizartirib pishirib olamiz.
Qiymaga qirg'ichdan o'tkazilgan piyoz, manniy yormasi, tuxum va smetana/qatiq qòshib aralashtiramiz. Pishirib olgan kartoshkali nonchalarimizning yarim tarafiga videodagidek qilib qiymamizni joylaymiz. Ustiga yarim doira qilib parraklangan pomidorlar va ko'k piyoz sepib nonchamizning yarmini qayrib ustini yopamiz. Xohishga ko'ra tepasiga tuxum sarig'i surtib olamiz. 180°li duxovkada 25 daqiqa pishirib olamiz.
Yoqimli ishtaha

https://t.me/taomlaar2023