Get Mystery Box with random crypto!

#anonim_hikoya Shu kunlarda o'ylanib qoldim- baxt nima? Albat | Tanishuv

#anonim_hikoya

Shu kunlarda o'ylanib qoldim- baxt nima? Albatta biz baxtli bo'lishni istaymiz. Ammo u nima ekanligini bilamizmi? Har kuni shoshib yashab pul va mansab ortidan quvamiz, televizor va boshqa mass-mediadan berilayotgan go'zallik va o'broga intilamiz- ammo bu narsalar sizni baxtli qilishini qaerdan bilasiz? Yangi telefon yoki mashina markasi, ohirgi modda latta-puttalari, trend ovqatlar, top oliygoh.

Ha balki ularga etishganizda shu on baxtli bo'larsiz: ammo qanchaga? Bir oz vaqt o'tib yana bir narsa etishmayotgandek yashaysiz- baxtsizlik hisi qaytadi. Chunki televizor va boshqa mass-mediadan sizga baxt etaloni qilib ko'rsatadigan narsalar- aslida sizning baxt kalitingiz emas! Bu reklamachilar va mahsulot sotuvchilarni baxt kaliti.

O'ylab ko'ring, siz uchun asil baxt nimada- sizni umringizni ohirigacha baxtli qiladigan narsa nima?

Anketa va anonim hikoyangizni yuborish uchun: @tanishuv_info

Tanishuv