Get Mystery Box with random crypto!

#anonim_hikoya Dardimni kimga aytishni bilmay turgandim. Anon | Tanishuv

#anonim_hikoya

Dardimni kimga aytishni bilmay turgandim. Anonim xat yuborishim mumkin ekan bu kanalga. Faqatgina anonim qolsamgina bu xatni qo'ying.

O'tgan yil tibbiyot kollejni bitirdim. Hali hammo yakuniy imtihonlarimni berishga ulgurmasimdan ota-onam meni men tanimaydigan yigit bilan nikohlab qo'yishdi. Men institutga kirishim kerak degan gapimda ota-onam qiz erini uyida o'tirishi kerak deb javob berdi. Men ularga qarshi chiqolmadim va tanimagan odamimga turmushga chiqdim. Erim meni yoqtirmadi va ko'ngil qo'ymadi. Meni juda ko'p bekordan bekorga urushardi va jahldor muomola qilardi, hamshira bo'p ishlashimga ruhsat bermadi. Uning ikta do'koni bor edi va bundan tashqari bir qanday qurulish sehi ham bor. Shu uchun yamon yashamasdik.

Qaynonamni aytganini so'ssiz bajaradigan kelin edim. Qaynonam ham menga yaxshi munosobat ko'rsatardilar. Hatto erim urushayotgan payt mani tarafimni olardilar.

Karantinda erimni tubdan o'zgardi va ahvol battar boldi. U men bilan kun bo'yi o'tirgani uchunmi ko'z oldimda badjahil zolim insonga aylandi va meni kaltaklashdan tonmaydigan bo'ldi. Hatto ayro uxlashni u karantindan ancha oldin boshladi. 30 kishilik to'ylar ruhsat berilgan kun u meni taloq qildi vanahoyat nimaga u bunday bo'p qolganini bildim. Uni boshini boshqa ayol aylantirgan ekan va erim unga shu payt uylanib omoqchi ekan. Shu fakt hammasini tushuntirsa kerak.

Qaynonam va qaynotam nomiga o'z o'gillarini urishib qo'yishdi ammo keskin choralar ko'rishmadi. Tushunganim ulargayam farqi yoq ekan. Uyga borganimda ota-onam meni ko'yishni boshladilar. Hamma ayb mendamish. Erimni ko'ngliga yo'l topmabman. Ularga hech qanday javob bergim kelmadi, chunki ulardan bunday so'zlarni kutmagandim.

Hozir tushkunlikga tushganman. Pulim va ishim yoq Har kun ota-onamni tanalaridan jonim t'oydi. Nima qilishniy bilmayman. Kechayu kunduz Xudaga nola qilaman hammasi yaxshi bo'lishini va meni suyqast fikridan qaytarishini...


Anketa va anonim hikoyangizni yuborish uchun: @tanishuv_info

Tanishuv